U-18. Darvozabon “Surxon”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

18 yoshlilar chempionatida 18-turdan qoldirilgan o‘yin o‘tkazildi. Termizdagi “Alpomish” stadionida “Paxtakor”ni qabul qilgan maydon egalari  turnir jadvalining yuqori pog‘onalarida borayotgan jamoadan bir ochko olishga, raqiblarining esa ikki ochkodan mahrum qilishga muvaffaq bo‘ldi. Vaholanki, toshkentliklar g‘alaba qozonishlari ham mumkin edi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida mezbonlar tomon belgilangan penaltini yosh “paxtakorchi” Akbar O‘ktamov bajara olmadi, aniqrog‘i, darvozabon Jamshid Abdukarimov mahorat ko‘rsatib, to‘pni qaytargan holda jamoadoshlarini muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.  

 

U-18 Chempionati.

18-turning qoldirilgan o‘yini. 20 oktyabr, chorshanba

 

SURXON – PAXTAKOR – 1:1 (1:1)

Termiz. “Alpomish” stadioni. 42 tomoshabin.

Hakamlar: Rustam Choriev, Shuhrat Mirzaev, Erkin Mamatmo‘minov

Nazoratchi: Shuhrat Xoliyorov

Komissar: Viktor Aleshnikov

Gollar: Oybek Gazarov (8) – Nosirjon Abdusalomov (28)

Amalga oshirilmagan penalti: Akbar O‘ktamov (88, “Paxtakor”)

Ogohlantirishlar: Jamshid Abdukarimov (27), Suxrob Umaraliev (29), Shohjahon Zaripov (69), Ararat Bagdasarov (90) – Abdulaziz Yusupjonov (41), Xondamir Mustafoqulov (57).

mib
cola
apex
bmb