Coca-Cola Superliga. “Bunyodkor” yuqorilayapti, “Turon”da esa ahvol “og‘ir”

Coca-Cola Superliganing 23-tur doirasidagi bugunga belgilangan “Bunyodkor” – “Turon” uchrashuvi nihoyasiga etdi. Darvozalarga to‘rtta to‘p kiritildi. Gollarning ikkitasi penaltidan amalga oshirildi. O‘yin davomida har ikkala jamoa tarkibidan bir nafardan futbolchi ikkinchi ogohlantirish bilan maydondan chetlatildi. Yakunda “qaldirg‘ochlar” 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu yutuq bilan “Bunyodkor” bir pog‘ona yuqoriladi, “Turon” esa o‘z o‘rnidan “qimirlamadi”, sababi jamoa turnir jadvalining eng so‘nggi pog‘onasini anchadan beri “egallab turibdi”.  Mag‘lubiyat yaypanliklarning ahvolini yanada yomonlashtirgani rost. Amaliy jihatdan “Turon”da imkoniyat tobora kamayib borayotgan bo‘lsada, nazariy jihatdan hozirdan dadil xulosa chiqarish mushkul.  

 

Coca-Cola Superliga. 23-tur

22 oktyabr, juma

 

BUNYoDKOR – TURON - 3:1 (1:0)

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 645 tomoshabin.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

VAR hakami: Asker Najafaliev

VAR assistenti: Jahongir Saidov

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Abbos Ahrorov

Gollar: Xurshid G‘iyosov, 35-pen. (1:0), Humoyun Murtazoev,  77-pen. (1:1), Umarali Rahmonaliev, 90+3 (2:1), Nurillo To‘xtasinov, 90+6 (3:1)

 

"Bunyodkor": Ravshan Yagudin, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliev, Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘raev, Odiljon Abdurahmonov, Nurillo To‘xtasinov, Shahboz Erkinov (Umarali Rahmonaliev, 70), Abdulla Ablullaev, Suhrob  Izzatov (Ulug‘bek Abdullaev, 85), Ibrohim Tomiva (Umidbek Sultonov, 90+7)

"Turon": Nizomiddin Ziyovuddinov, Sardor Abduraimov (Asilbek Qayumov, 90+1), Sunnatilla Abdullajonov, Sunnatilla Ermatov (Sinisha Babich, 46), Humoyun Murtozaev, Ixtiyor Toshpo‘latov, Fozil Musaev, Vladislav Kosminin, Otabek Zokirov (Asliddin Toshtemirov, 46), Dayan Ponevich, Bilolxon Toshmirzaev.

Ogohlantirish: Lutfulla To‘raev, 60 - Dayan Ponevich, 34, Abduqahhor Xojiakbarov, 82  

Chetlatish: Lutfulla To‘raev, 65 (ikkinchi sariq) - Dayan Ponevich, 80 (ikkinchi sariq).

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

mib
cola
apex
bmb