Ayollar chempionatida ikki tur sanalari almashtirildi

Toshkentning “Bunyodkor-W” jamoasi 3-noyabr kuni klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Iordaniyaga yo‘l oladi. 

Ayni vaqtda “Bunyodkor-W” jamoasida musobaqada g‘olib chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor. Uning musobaqaga puxta hozirlik ko‘rishi uchun ayollar chempionatining 22 hamda 23-tur uchrashuvlari o‘zaro o‘rin almashdi. Endilikda 2-noyabr kuni o‘tkazilishi lozim bo‘lgan “So‘g‘diyona-W” — “Bunyodkor-W” hamda “Sevinch” — “AGMK-W” uchrashuvlari 18-noyabr sanasida, 18-noyabr kuni o‘tishi belgilangan “AGMK-W” — “So‘g‘diyona-W” hamda “Metallurg-W” — “Sevinch” uchrashuvlari esa 2-noyabrda tashkil etiladi. 

Mazkur holat “qaldirg‘ochlar”ga 2-noyabr kungi tur uchrashuvini o‘tkazib yuborish hamda xalqaro musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi.

 

mib
cola
apex
bmb