U-21. “Bunyodkor” ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

21 yoshlilar chempionatida 23-tur o‘yinlari davom etmoqda. Birinchi kungi bahsda ikki amaldagi chempion o‘zaro kuch sinashdi. Hali mavsum tugamaganligi uchun o‘tgan yilgi chempionat g‘olibi “Metallurg”ni amaldagi chempion desak, joriy mavsum yakunlanmasidanoq muddatidan ancha avval bosh sovrinni qo‘lga kiritib ulgurgan va yangi amaldagi chempion nomiga sazovor bo‘lgan AGMKning o‘zaro o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bekobodda tashkil etilgan uchrashuvda olmaliqliklar zafarli yurishini davom ettirishdi. “Bunyodkor” “Turon” ustidan g‘alaba qozonib, turnir jadvalining ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. Turnir jadvalida yonma-yon joylashib turgan “Surxon” va “Qizilqum” jamoalari bahsida hisob ochilmadi.

 

U-21. 23-tur.

20 oktyabr, chorshanba

 

METALLURG – AGMK – 2:3 (1:2)

Bekobod. “Metallurg” stadioni. 57 tomoshabin.

Hakamlar: Davron Akmalov, Mirjalol Orzidinov, Akmal Davronov

Nazorat chi: Arslon Xotamov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Asadbek Karimov, 33 (0:1), Sanjar Jumaboev, 42 (0:2), Shaxzodjon Ne’matjonov, 44 (1:2), Sarvar Ablaev, 54 (1:3), Diyorbek Toirov, 76 (2:3)

Ogohlantirishlar: Diyorbek Shavkatov, 28, Shaxzodjon Ne’matjonov, 32 – Ixtiyor Xolmo‘minov, 32, Asadbek Karimov, 33, Nodirbek Abduxoliqov, 48, Zohidjon Rahimov, 79

Chetlatish: Yo‘q – Asadbek Karimov, 64 (ikkinchi sariq).

 

21 oktyabr, payshanba

 

BUNYoDKOR – TURON – 2:1 (2:1)

Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni.

Hakamlar: Farruh Yansupov, Nikita Afinogenov, Sardor Mirodilov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Abbos Axrorov

Gollar: Jahongir O‘rozov, 25 (1:0), Umidbek Sultonov, 33 (2:0), Abdug‘affor Mahmudov, 37 (2:1)

Ogohlantirishlar: Islom Karimov, 31, G‘ayrat Azizxo‘jaev, 51, Sergey Proxorov, 79 – yo‘q.

 

SURXON – QIZILQUM – 0:0

Termiz. “Alpomish” stadioni. 55 tomoshabin.

Hakamlar: Nayim Qosimov, Shuhratbek Mirzaev, Erkin Mamatmo‘minov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Jamshid Imamov

Ogohlantirishlar: Sharafiddin Shobirov, 71 – yo‘q.

 

 

mib
cola
apex
bmb