Coca-Cola Superliga. AGMKning safardagi g‘alabasi ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilishiga xizmat qildi

Coca-Cola Superliganing 23-tur doirasidagi dastlabki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bekobodga safar uyushtirgan olmaliqliklar Aleksandr Kasyanning birinchi bo‘lim o‘rtalarida kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. Mazkur yutuq AGMKning “So‘g‘diyona”dan “sakrab” o‘tib, ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib olishga xizmat qildi. To‘g‘ri, jizzaxliklar hozircha 23-tur o‘yinini o‘tkazganicha yo‘q, ammo ularning raqibi “Paxtakor” bo‘ladi. 24 oktyabrga belgilangan va Jizzaxda bo‘lib o‘tadigan mazkur o‘yin nafaqat turning, balki mavsumning ham bezagiga aylanishi shubhasiz.

 

Coca-Cola Superliga. 23-tur

21 oktyabr, payshanba

 

METALLURG – AGMK - 0:1 (0:1)

Bekobod. "Metallurg" stadioni. 236 tomoshabin.

Hakamlar: Asker Najafaliev, Sardor Nishonboev, Avazbek Abdullaev, Davronbek Akmalov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

VAR hakami: Elyor Tursunov

VAR assistenti: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gol: Aleksandr Kasyan, 18 (0:1)

"Metallurg": Akmal Tursunboev, Odilbek Abdumajidov, Salamat Qutiboev (Zohid Abdullaev, 46), Mahmudjon Qudratullaev (Shahzodbek Nurmatov, 60), Abrorbek Toshqo‘ziev (Ruslan Roziev, 83), Shahzodbek  G‘ofurbekov, Stanislav Andreev, Ibrohim Ibragimov (Abdurahmon Abdulhaqov, 50), Akbarjon Ismatullaev, Farruhjon Ibrohimov, Damir Temirov (Dilshod Rahmatullaev, 61).

AGMK: Valijon Rahimov, Akromjon Komilov, Sardor Rahmonov, Husniddin G‘ofurov (Murodjon Toshmatov, 46), Abbosjon Otaxonov, Sanjar Tursunov, Aleksandr Kasyan (Martin Boake, 88), Sanjar Shoahmedov (Zafar Polvonov, 90+2), Yovan Jokich, Shohruh Gadoev (Boburbek Sobirov, 88), Dilshodbek Ahmadaliev (Mirg‘iyos Sulaymonov, 81).

Ogohlantirishlar: Salamat Qutiboev, 21, Mahmudjon Qudratillaev, 43, Abdurahmon Abdulhaqov, 54, Odilbek Abdumajidov, 71 - Husniddin G‘ofurov, 44, Yovan Jokich, 46, Mirg‘iyos Sulaymonov, 82, Shohruh Gadoev, 87.

 

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb