Pro liga. “Olimpik”ning “Nurafshon” ustidan g‘alabasi “Dinamo”ning Superligaga chiqishini tezlashtirdi

Pro liganing 21-tur doirasidagi navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “A” guruhidan joy olgan “Olimpik” va “Nurafshon” bahsida toshkentliklar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. Mazkur g‘alaba tufayli  “Dinamo” muddatidan uch tur avval Superligaga yo‘llamna olgan ikkinchi jamoa maqomiga sazovor bo‘ldi. Sababi, “Nurafshon” qolgan uchta o‘yinni yutgan va “Dinamo” barcha o‘yinni boy bergan taqdirda ham ochkolar soni bo‘yicha eta olmaydi. Huddi shu holatda ayni paytda “Olimpik”  nazariy jihatdan “Dinamo” bilan bir xil ochko to‘plashga erishar balki. Lekin ochkolar teng bo‘lganda “Dinamo”ning “tarozisi” tosh bosadi, negaki samarqandliklar toshkentliklar ustidan avvalgi uchta uchrashuvning barida  zafar quchgan.  

 

Pro liga. 21-tur. “A” guruhi

13 oktyabr, chorshanba

 

OLIMPIK – NURAFShON - 5:0 (3:0)

Toshkent. "Jar" stadioni. 202 tomoshabin.

Hakamlar: Akmal Rahimov, Sardor Mirodilov, Shohruh Maqsudov

Nazoratchi: Marat Ismailov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

Gollar: Muhammadaziz Ibrohimov, 15 (1:0), Bektemir Abdumannonov, 18 (2:0), Alisher Odilov, 36 (3:0), Farruhbek Muxtorov, 72 (4:0), Bektemir Abdumannonov, 89 (5:0)

Amalga oshirilmagan penalti: Alisher Odilov, 64 (“Olimpik”)).

"Olimpik": Vladimir Nazarov, Eldorbek Begimov, Otabek Jo‘raqo‘ziev (Ruslanbek Jiyanov, 54), Bektemir Abdumannonov, Dostonbek Tursunov, Muhammadaziz Ibrohimov (Jaloliddin Sodiqov, 66), Abdurauf Bo‘riev, Sunnatilloh Hamidjonov (Saidazamat Mirsaidov, 76), Alisher Odilov (Temur Mamasidiqov, 76), Shahzod Toirov, Davron Anvarov (Farruhbek Muxtorov, 66)

"Nurafshon": Shohjahon Nasimov, Mirjalol Jumaev, Bobur Qosimov, Anvarjon Jo‘raev (Shavkat Salomov, 46), Davronbek Isoqov, San’at Shixov, Rustamjon Abduhamidov (Fayzullobek Jumanqo‘ziev, 64), Alisher Sanoev (Amirjon Safarov, 72), Bekzod Saidov (Behruz Shodmonov, 46), Sardorbek Izzatov (Bobirjon Amaanov, 33), Marko Milich

Ogohlantirishlar: Yo‘q - Bobirjon Amanov, 84.

 

mib
cola
apex
bmb