U-14. Finalda “Xorazm” va “Odil-Junior”

Yuqori saviyada tashkillashtirilgan 14 yoshlilar chempionati hal qiluvchi pallada. Qiziqarli, murosasiz o‘tgan yarim final uchrashuvlaridan so‘ng finalchilarning nomi ma’lum bo‘ldi. Musobaqa boshida deyarli hech kim bashorat qila olmagan xorazmliklar barchani xayratga solib finalgacha etib kelishdi. Yarim finalda vohaliklar “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushishdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvning asosiy vaqtida kuchlar ham teng keldi – 0:0. Penaltilar seriyasida omad “Xorazm” jamoasiga kulib boqdi. Ikkinchi juftlikda “Navbahor” va “Odil-Junior”  o‘zaro bahslashishdi. Toshkentliklar garchi yirik hisobda g‘alaba qozongani bilan bu yutuqqa osonlikcha erishishmadi – namanganliklar “tish-tirnog‘igacha” qarshilik ko‘rsatishdi. Lekin tarkibida Akmal Axmatov kabi mohir, iste’dodli futbolchilari bo‘lgan “Odil-Junior” maqsadiga etdi. Esingizda bo‘lsa, Akmal Axmatov avvalgi uchrashuvlarda ham eng faol o‘yinchi bo‘lgan, mukofotlarni qo‘lga kiritgan edi. Bu uchrashuvda ham raqiblar darvozasini ikki bor nishonga olgan holda eng yaxshi futbolchi deb topildi va O‘zPFLning maxsus sovrini bilan taqdirlandi. Shu tariqa musobaqaning hal qiluvchi final o‘yinida “Xorazm” va “Odil-Junior” jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.

 

U-14. Chempionati

Yarim final. 12 oktyabr, seshanba. “Chig‘atoy” stadioni.

 

XORAZM – PAXTAKOR – 0:0. P.b. 4:2. 65 tomoshabin.

Hakamlar: Asker Najafaliev, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Ogohlantirish: Yo‘q – Ozodbek Sharipov (41).

 

NAVBAHOR – ODIL-JUNIOR – 0:3 (0:1). 57 tomoshabin.

Hakamlar:  Rahimbek Karimov, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gollar: Og‘abek Eshmamatov (7), Akmal Axmatov (53, 66)

Ogohlantirishlar: Qutfiddin Shamsiddinov (14), Abdurahmon Shamsiddinov (33) - Javohir Rahimov (16).

mib
cola
apex
bmb