U-18. “So‘g‘diyona”ning g‘alabasi olti pog‘ona yuqorilashga xizmat qildi

18 yoshlilar chempionatining 18-tur doirasida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.  “Turon”ga mehmon bo‘lgan “So‘g‘diyona” Jahongir Alamovning so‘nggi daqiqalarda kiritgan goli evaziga safardan uch ochko bilan qaytdi. Mazkur yutuq jizzaxliklarning turnir jadvalida olti pog‘ona yuqorilashga xizmat qildi – 16-o‘rindan 10-o‘ringa. Lekin 18-tur o‘yinlari hali oldinda, ushbu turdan o‘rin olgan uchta o‘yin o‘tkazildi xolos. Qolganlari 11 oktyabrga belgilangan.

 

U-18 Chempionati.

18-tur uchrashuvi. 9 oktyabr, shanba

 

TURON – SO‘G‘DIYoNA – 0:1 (0:0)

Qo‘qon. “Kimyogar” maydoni. 28 tomoshabin.

Hakamlar: Shaxboz Vaxobjonov, Abubakr Hasanov, Muhammad Qurbonov

Nazoratchi: Anvar O‘rinov

Komissar: Ravshan Mirzakarimov

Gol: Jahongir Alamov, 90 (0:1)

Ogohlantirishlar: Ruslan Mahkamov, 27, Abdurahim Saydullaev, 41 – Nodirjon Soyibov, 74, Muhammadjon Abrorov, 75, Jahongir Alamov, 80, Dilshod Abdullaev, 90+1.

 

 

mib
cola
apex
bmb