Pro liga. “Neftchi” muddatidan avval Superligaga yo‘llanma oldi

Pro liganing 20-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. G‘ijduvon shahriga safar uyushtirgan “Neftchi” “Nurafshon” jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, 40 ochko to‘plagan holda uch yillik tanaffusdan so‘ng muddatidan oldin Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Superliga huquqini beruvchi ikkinchi yo‘llanmaga eng yaqin sifatida “Dinamo”ni misol qilish mumkin. Buning uchun samarqandliklar oldindagi to‘rt turdan birida g‘alaba qozonsa kifoya. Ayni paytda “Dinamo” 34 ochkoga ega, uchinchi o‘rinda borayotgan “Nurafshon” esa samarqandliklardan naqd o‘n ochko orqada.  “Olimpik”da 22 ochko bor.   

 

Pro liga. 20-tur. “A” guruhi

7 oktyabr, payshanba

 

NURAFShON – NEFTChI  - 1:4 (1:3)

G‘ijduvon. “Navro‘z” stadioni. 354 tomoshabin.

Hakamlar: Aziz Asimov, Sherzod Kamarov, Sardor Hakimov

Nazoratchi: Hushvaqt Muxtorov

Komissar: Aleksandr Davidenko.

Gollar: Oybek Qilichev, 10 (0:1), Oybek Qilichev, 41 (0:2), San’at Shixov, 45 (1:2), Akmal Shorahmedov, 45+2 (1:3), Marko Obradovich, 89 (1:4)

Amalga oshirilmagan penalti: San’at Shixov, 66).

"Nurafshon": Sardor Qobuljonov, Bobur Qosimov, Davronbek Isoqov (Firdavs Asadov, 85), San’at Shixov, Alisher Sanoev, Tohir Maladustov (Shavkat Salomov, 46), Behruz Shodmonov (Bekzod Saidov, 46), Sardorbek Izzatov, Hakimjon Alamxonov, Marko Milich, Fayzullobek Jumanqo‘ziev (Amirjon Safarov, 76)

"Neftchi": Akbar To‘raev, Akmal Shorahmedov, Abdulloh Olimov (Sobit Sindarov, 76), Shavkatjon Mullajonov, A’zamjon Aliev, Umar Adhamzoda, Darko Stanoevich, Aleksandr Esich (Sherzod Karimov, 89), Oybek Qilichev (Izzatilla Abdullaev, 76), Marko Obradovich (Doston Toshmatov, 89), Ulug‘bek Hoshimov (Sardor Abdunabiev, 55)

Ogohlantirishlar: Hakimjon Alamxonov, 21 – Umar Adhamzoda, 13, Oybek Qilichev, 42, Akbar To‘raev, 65, Sardor Abdunabiev, 90+2.

mib
cola
apex
bmb