Ayollar futboli. Birinchi liga. AGMK-2 Termizda maydonga tushmay olti ochko oldi

Termiz shahrida tashkillashtirilgan ayollar futboli bo‘yicha Birinchi liganing 9 va 10-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. “Andijon” va “To‘maris” (Xorzam) jamoalari moliyaviy muammolarini hal etolmagani evaziga kela olmaganligi bois  AGMK-2 jamoasi bu turda maydonga tushmadi, bilaks, texnik yutuq evaziga olti ochko ishlab oldi. “”Surxon” va “Dinamo” jamoalari bir marotabadan maydonda saf tortishdi. Faqat “Neftchi”gina ikkita o‘yin o‘tkazdi va har ikkalasida ham g‘alaba qozondi. Ayni paytda AGMK-2 jamoasi o‘zaro o‘yindagi natijaga ko‘ra “Neftchi”ni ortda qoldirgan holda turnir jadvalida birinchi pog‘onada turibdi.

 

Ayollar futboli. Birinchi liga.

10-tur. 7 oktyabr, payshanba. Termiz.

 

DINAMO – NEFTChI – 0:1 (0:0)

Hakamlar: Jahongir Noraliev, Nigora Muhammadieva, Shuhrat Mirzaev

Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev

Komissar: Alisher Fayziev

Gol: Gulira’no Hasanova (83)

Ogohlantirishlar: Violetta Kim (16), Sabina Zarubina (66) – Sitora Nishonova (41), Muxlisa Qosimova (86)

 

SURXON – TO‘MARIS - +:-

 

AGMK-2 – ANDIJON - +:-

 

mib
cola
apex
bmb