Pro liga. “Xorazm” yaqin ta’qibchisi “Yangier” bilan etti ochkoga farq qilyapti

Pro liganing 20-tur o‘yinlariga start berildi. “V” guruhida ikkita o‘yin o‘tkazildi. Yangier shahriga safar uyushtirgan “Sho‘rtan” mezbonlarni bitta to‘p farqi bilan mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi. Ikkinchi bahsda esa mezbonlar zafar quchishdi. “Aral Samali”ni qabul qilgan “Xorazm” raqibini yirik hisobda mag‘lub etib, ochkolari sonini 21 taga etkazib oldi va yaqin ta’qibchisi “Yangier”ni etti ochkoga ortda qoldirdi.

 

Pro liga. 20-tur. “V” guruhi

5 oktyabr, seshanba

YaNGIER – ShO‘RTAN - 1:2 (1:2)

Yangier. “Yangier” stadioni. 475 tomoshabin.

Hakamlar: Farruh Yansupov, Husniddin Bahodirov, Oybek Kallaxo‘jaev

Nazoratchi: Andrey Tambovtsev

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Muhriddin Zoirov, 17-pen. (0:1), Javohir Hasanov, 31-o‘z darv. (0:2), Jerome Etame, 33 (1:2)

"Yangier": Husan Olimjonov, Bekzod Tolibjonov, Ulug‘bek Xudayberdiev, Landry Chamedjeu, Bunyod Abdumannonov, Sherzod Jalolov, To‘lqin Ergashev (Dostonbek Meliqo‘ziev, 46), Jonibek Mirzaqulov (Xurshidbek Asqaraliev, 62), Jerome Etame, Yodgor Nazarov (Oybek Axmatov, 46), Faxriddin Alimov. (Dilshod Hushbaqov, 72)

"Sho‘rtan": Amirbek Lutfullaev, Ozodbek Rajabov, Elyor Omonjonov, Farzin Muxtorov (Bobur Mamadaminov, 55), Javohir Hasanov, Islombek Baratov, Muhriddin Shamsiddinov (Javohir Shokirov, 75), Shaxboz Jo‘raev, Ma’ruf Jumaev (Bekzod Suvonov, 75), Muhriddin Zoirov (Ahmed Qobiljonov, 90+2), Sarvar Bo‘ronov (Muxriddin Botirov, 55)

Ogohlantirishlar: Bekzod Tolibjonov, 7, Faxriddin Alimov, 45+1 -  Shaxboz Jo‘raev, 20, Islombek Baratov, 80, Muxriddin Zoirov, 84.

Chetlatish: Ulug‘bek Xudayberdiev, 84 – yo‘q.

 

XORAZM - ARAL-SAMALI - 3:0 (1:0)

Urganch. “Yoshlik” sport majmui. 220 tomoshabin.

Hakamlar: Nayim Qosimov, Elnur Doniyorov, Suhrob Sattorov

Nazoratchi: Igor Xudaydatov

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: Sardorbek Matmuratov, 32 (1:0), Timur Bekchanov, 74-pen. (2:0), Sardor Matmuratov, 84 (3:0).

"Xorazm": G‘ayratjon O‘daev, Ravshanbek Sultonov (Mirjalol Qurbonov, 65), Jasur Otajonov, Temur Masharipov, Timur Bekchanov (Mahmudjon Qalandarov, 80), Xazratjon Tursunqulov (Jamshid Zaripboev, 88), Diyor Ramazonov (Shaxzod Beshimov, 80), Boburbek Farhodov (Danila Ejov, 88), Sardorbek Matmuratov, Abror Husinov, Abduholiq Qurbonov.

"Aral-Samali": Aybek Shamshetov, Rasul Musaev (Jamshid Gulmirzaev, 84), Damir Nizanov, Miras Karlibaev, Albert Sdikov, Islambek Seytnazarov, Arislan Yusupbaev, Nodirjon Nurmatov (Amir Abdraziev, 52), Norxon Sheripov (Navro‘zbek Alimov, 46), Sunnatilla Mamadaliev, -Erbol Seytnazarov.

Ogohlantirishlar: Abror Xusinov, 37 -  Rasul Musaev, 37, Damir Nizanov, 49.

mib
cola
apex
bmb