O‘zbekiston kubogi. Finalda ketma-ket “Bunyodkor-W” va “So‘g‘diyona-W”

Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogining yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Chorak finalda AGMK-Wni mag‘lub etgan “qaldirg‘ochlar” yarim finalda “Metallurg-W” jamoasini ham  “o‘yindan chiqarib” yubordi. Deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda Dildora Nozimov tomonidan birinchi bo‘limda kiritilgan gol o‘yin taqdirini hal etdi –“Bunyodkor-W” finalga yo‘llanma oldi. Ikkinchi juftlikda “Navbahor-W” va “So‘g‘diyona-W” jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Chorak finalda ko‘pkarra chempion va Kubok sohibi “Sevinch” “to‘sig‘idan” o‘ta olgan jizzaxliklar uchun “Navbahor-W” katta tashvish uyg‘otmayotganligi bor gap edi. Bor-yo‘g‘i ikkita zaxira futbolchisi bilan maydonga tushgan mezbonlar har tomonlam ustunlikka ega “So‘g‘diyona-W”ning hujumlariga dosh bera olmadi. Birinchi bo‘limda mehmonlar atiga bitta gol bilan kifoyalanishgandi, ikkinchi bo‘limda esa naqd o‘nta gol urishdi.  Gollarning to‘rttasi legioner Fuseina Mumuniga, uchtasi chempionat to‘purari etakchisi Diyora Xabibullaeva, ikkitasi esa Maxliyo Sariqova hisobiga yozildi. Shu tariqa hal qiluvchi finalda o‘z tarixida to‘rtinchi bor finalga yo‘llanma olgan (shundan ikkitasida g‘alaba) “Bunyodkor-W” hamda uchinchi marotaba hal qiluvchi bahsda qatnashayotgan (hozircha g‘alaba yo‘q) “So‘g‘diyona-W” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

 

O‘zbekiston kubogi. Yarim  final

4 oktyabr, dushanba

 

METALLURG-W – BUNYoDKOR-W – 0:1 (0:1)

Bekobod. “Metallurg” stadioni. 53 tomoshabin.

Hakamlar: Edita Mirabidova, Kristina Sereda, Mohirabonu Muralieva, Anna Sidorova

Nazoratchi: Shuhrat Bozorov

Komissar: Nigora Abidova

Gol: Dildora Nozimova (36)

“Metallurg”: Gulandon Boymatova, Muxlisa Mirzayorova, Mohira Jo‘raboeva (Barchinoy Eshmurodova, 90+3), Diyora Jo‘raboeva (Durdona Alieva, 87), Ozoda Xojieva, Setora Takaboeva, Rushaniya Safina, Yulduz Hamdamova, Ro‘zixon Asqarova, Nozima Kamoltoeva, Oybarchin Turg‘unova (Maftuna Jo‘raeva, 71)

Bunyodkor”: Olga Qahhorova, Kamola Risqieva, Lyudmila Karachik, Luiza Sadirova, Dildora Nozimova (Nazima Ergasheva, 89), Saida Galimova, Umida Zoirova, Dilrabo Asadova, Yulduz Nabieva (So‘g‘diyona Allamurodova, 78), Aziza Norboeva (Gulchehra Eshmamatova, 90+5), Ilvina Ablyakimova

Ogohlantirish: Muxlisa Mirzayorova (47), Setora Takaboeva (70) – Lyudmila Karachik (55).

 

NAVBAHOR-W – SO‘G‘DIYoNA-W – 0:11 (0:1)

Namangan. “Markaziy” stadion zaxira maydoni.

Hakamlar: Roziyabonu Yusupova, Aleksandra Konchikova, Darya Snetkova, G‘ayrat Jo‘raev

Nazoratchi: Islom Rahimov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Fuseina Mumuni (40, 64, 73, 84), Diyora Xabibullaeva (56, 58, 70), Maxliyo Sariqova (60, 76), Alberta Ahialey (71), Zarina Mamatkarimova (90+2)

“Navbahor”: Hurmatoy Kamolxo‘jaeva, Madina Hikmatova, Nilufar Dadajonova, Tojiniso Rashidova, Sarvinoz Komiljonova, Muharram Abdullaeva (Sohiba Meliboeva, 62), Muqaddam Abdullaeva, Mavluda Munavvarova, Shohida Ergasheva (Nargiza Abdurasulova, 76), Gulnora Davronova, Zuhraxon Abdurahimova

“So‘g‘diyona”: Nozima Hasanova (Kumushoy G‘ulomova, 46), O‘g‘iloy Qo‘chqarova (E’zoza Sharipova, 46), Nafisa Nabiqulova (Nasiba Xojieva, 46), Iroda Turdalieva, Rosacharne Periale, Maxliyo Sariqova, Fuseina Mumuni, Tanzilya Zarbieva (Zarina Mamatkarimova, 67), Xolida Dadaboeva (Yulduz Shodieva, 60), Diyora Xabibullaeva, Alberta Ahialey

Ogohlantirishlar: Madina Hikmatova (25), Muqaddam Abdullaeva (28) – Diyora Xabibullaeva (42), Iroda Turdalieva (77).

mib
cola
apex
bmb