Coca-Cola Superliga. “Nasaf” yuqorilashni davom ettiryapti, “Mash’al” esa aksincha

Coca-Cola Superliganing 21-tur doirasida uchta o‘yin o‘tkazildi. Birida mehmonlarning g‘alabasi, ikkita o‘yinda esa durang kuzatildi. “Qashqadaryo derbisi”da qarshiliklarning qo‘li baland keldi. Muborakda kechgan uchrashuvda Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari birinchi bo‘limda kiritgan gollarini o‘yin oxirigacha saqlab qolishdi. Mazkur yutuq bilan “Nasaf” yuqori sari yurishini davom ettirdi. “Mash’al” esa aksincha, pastga qarab “ketyapti”. Andijon va Toshkentda o‘tgan o‘yinlarda to‘rtala jamoa ham bir ochkodan ishladi. Ayniqsa, “Andijon” peshqadamlardan biri “So‘g‘diyona”dan bir ochko “tortib olishini” ko‘pchilik kutmagandi. Mavsum boshidan beri deyarli autsayderlar qatoridan “boshi chiqmagan” “burgutlar” mavsum oxirlagan sari aynan peshqadamlardan olti ochko olishini ancha-muncha ishqiboz “xazm qila” olmayotganligi rost. Lekin bu fakt. “So‘g‘diyona”ning ochko yo‘qotishini bilgan AGMK “Bunyodkor”ga qarshi yaxshigina qarshilik  qildi. Biroq o‘yin davomida hisobni tenglashtira oldi xolos, boshqasiga vaqt kamlik qildi.

 

Coca-Cola Superliga. 21-tur

2 oktyabr, shanba

 

MASh’AL – NASAF - 0:1 (0:1)

Muborak. Bahrom Vafoev nomli stadion. 2312 tomoshabin.

Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Davronbek Akmalov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Shohruh Said

Gol: Sherzod Nasrullaev, 25 (0:1)

"Mash’al": Dostonbek To‘xtaboev, Zafarbek Akramov (Abbos Shodmonov, 74), Najmiddin Normurodov, Oybek Nurmatov ( Muhammadali Aliqulov, 46), Chika Okvara (Jahongir Abdusalomov, 52), Chigozi Samuel,  Shahzod Shaymanov (Xudoyorxon Sagdullaev, 82), Jamoliddin Ubaydullaev, Qahramon Bahodirov (Ibrohim No‘’monov, 74), Sirojiddin Qo‘ziev, Samandar Shukurillaev

"Nasaf": Umidjon Ergashev, Husniddin Aliqulov, Doniyorjon Narzullaev (Shohmalik Komilov, 87), Dilshod Saitov (Jo‘rabek Mannonov, 87), Bahrom Abdurahimov (Abubakir-Rizo Turdaliev, 73), Husain Norchaev (G‘olib G‘aybullaev, 66), Suhrob Nurulloev (Andriya Kaluderovich, 66), Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov, Umarbek Eshmurodov

Ogohlantirish: Jamoliddin Ubaydullaev, 10, Samandar Shukurillaev, 36, Zafarbek Akramov, 58, Najmiddin Normurodov,  90+1 - Abubakr Rizo Turdaliev, 73.

 

ANDIJON – SO‘G‘DIYoNA - 0:0

Andijon. "Bobur Arena" stadioni. 5312 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Timur Galeev, Otabek Qosimov, G‘ayrat Jo‘raev

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Sherzod Rajabov

"Andijon": Eldor Adhamov, Sardorbek Hursandov, Usmonali Ismonaliev, Abduvohid G‘ulomov, Baxtiyorjon Qosimov, Pavel Zabelin, Vladislav Vasilev (Sherzod G‘ulomjonov, 57), Vasiliy Sovpel, Farhodjon Sohibjonov (Ibrohimjon Otaxonov, 57), Muhammadali Toirov,  Plamen Dimov

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Elyor Orifov, Ayubxon No‘’monov, Iskandar Shaykulov (Darko Stanoevich, 82), Jamshid Boltaboev, Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov, 82), Jasur Hasanov (Ergash Ismoilov, 73), Jasur Hakimov (Shahboz Jo‘rabekov, 46), Luka Chermel, Asiljon Begimqulov (Javohir Qahramonov, 65), Marko Kolakovich

Ogohlantirishlar: Baxtiyorjon Qosimov, 47, Sherzod G‘ulomjonov, 67 -  Marko Kolakovich, 76, Iskandar Shaykulov, 78, Shahboz Jo‘rabekov, 87.

 

BUNYoDKOR – AGMK - 1:1(0:0)

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 312 tomoshabin.

Hakamlar: Elyor Tursunov, Olim Abduvosilov, Jahongir Saidov, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR hakami: Aziz Asimov

VAR assistenti: Kristina Sereda

VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Suhrob Izzatov, 63 (1:0), Sardor Rahmonov, 75 (1:1)

"Bunyodkor":Zafar Safoev, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliev, Xurshid G‘iyosov, Nurillo To‘xtasinov (Sanjar Rashidov, 46),Shahboz Erkinov (Umidbek Sultonov, 90+4), Ulug‘bek Abdullaev (Farhod Mirahmatov, 83), Abdulla Abdullaev, Umarali Rahmonaliev (Muhammadodil Qahramonov, 83), Suhrob Izzatov, Ibrahim Tomiva.

AGMK: Valijon Rahimov, Akromjon Komilov, Mirjamol Qosimov (Martin Boake, 68),  Sardor Rahmonov, Boburbek Yo‘ldoshev (Abbosxon Otaxonov, 68), Husniddin G‘ofurov (Shohruh Gadoev, 68), Murodjon Toshmatov (Nodirbek Abdurazzoqov, 88), Sanjar Tursunov, Aleksandr Kasyan (Sanjar Shoahmedov, 86), Dilshodbek Ahmadaliev, Yovan Jokich

Ogohlantirish: Umarali Rahmonaliev, 51 - Akromjon Komilov, 33, Dilshodbek Ahmadaliev, 86.

mib
cola
apex
bmb