Pro ligada sentyabr oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Ortda qolayotgan sentyabr oyida Pro ligada 3 ta tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

 

Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Ilhom Mo‘minjonov (“Neftchi”) – 2 o‘yin, 2 g‘alaba

Aleksandr Yejov (“Xorazm”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang

Hakim Fuzaylov (“Dinamo”) – 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang

 

Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Timur Bekchanov (“Xorazm”) – 3 o‘yin, 2 gol

Fahriddin Alimov (“Yangier”) – 3 o‘yin, 3 gol

Bobur Farhodov (“Xorazm”) – 3 o‘yin, 2 gol

Aleksandr Yeshich (“Neftchi”) – 2 o‘yin, 2 gol

Shohruh Abdurahmonov (“Dinamo”) – 3 o‘yin, 3 gol

 

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Pro liga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etadi. Pro liganing 8 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi. Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa murabbiy va sardorlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

 

mib
cola
apex
bmb