Coca-Cola Superliga. “Nasaf” “Bunyodkor”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Coca-Cola Superliganing. 20-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Bugunga belgilangan ikkita uchrashuvning ikkalasi ham tomoshabopligi bilan esda qoladigan bo‘ldi. Qarshida maydon egalari “Bunyodkor” darvozasiga javobsiz beshta gol kiritdi. To‘purarlar bahsida Dragan Cherandan keyin (11) 8 ta goli bilan uch nafar o‘yinchi qatorida ro‘yxatda turgan Husayn Norchaev uchrashuvda “dubl”ga erishib, to‘plari sonini o‘ntaga etkazgan holda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Toshkentga safar uyushtirgan “Mash’al” birinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra mezbon “Lokomotiv”ni bitta to‘p farqiga ortda qoldirayotgandi. Biroq ikkinchi bo‘limda avvaliga Jasurbek Jaloliddinov ajoyib tarzda, uch o‘yinchini aldagan holda gol urib hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida esa bosh hakam VARga murojaat qilgandan keyin belgilagan penaltisini maydon egalari bexato bajarishdi va muhim uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

 

Coca-Cola Superliga. 20-tur

27 sentyabr, dushanba

LOKOMOTIV – MASh’AL  - 2:1 (0:1)

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 355 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylalov, Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Marat Ismailov

Komissar: Abbos Axrorov.

VAR hakami: Ahrol Risqullaev

VAR assistent: Edita Mirabidova.

Gollar: Godvin Chika Okvara, 34 (0:1), Jasurbek Jaloliddinov, 51 (1:1), Temurxo‘ja Abduxoliqov, 90+8- pen. (2:1).

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Islomjon Qobilov, Kaxi Maxaradze, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Azizbek Amonov (Igor Chikrizov, 72), Jasurbek Jaloliddinov, Jaloliddin Jumaboev (Islom Rashidxonov, 46), G‘ulom-Haydar G‘ulomov, Shuhrat Muhammadiev (Opex Samuel, 80), Sherzod Fayziev, Diyorjon Turopov (Dilshodjon Komilov, 90+9)

"Mash’al":  Dostonbek To‘xtaboev, Zafarbek Akramov (Abbos Shodmonov, 74),  Najmiddin Normurodov, Oybek Nurmatov (Jahongirbek Abdusalomov, 77),  Godvin Chika Okvara, Chigozi Samuel (Qahramon Bahodirov, 88), Shahzod Shaymanov (Muhammadali Aliqulov, 77), Jamoliddin Ubaydullaev, Sirojiddin Qo‘ziev, Samandar Shukurillaev, Muhammad Yo‘ldoshev (Sirojiddin Allaev, 88).

Ogohlantirishlar: Jasurbek Jaloliddinov, 64 -  Godvin Okvara Chika, 64, Samandar Shukurillaev, 90+8, Jamoliddin Ubaydullaev (o‘yindan keyin), Sirojiddin Allaev (o‘yindan keyin).

 

NASAF – BUNYoDKOR - 5:0 (2:0)

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 3051 tomoshabin.

Hakamlar: Asker Najafaliev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Ilya Ilin

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Vladimir Nazarov

VAR hakami: Aziz Asimov

VAR assistent: Timur Gaynullin

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Gollar: Bahrom Abdurahimov , 9 (1:0), Husayn Norchaev, 19 (2:0), Husayn Norchaev, 80 (3:0), Oybek Bozorov, 87 (4:0), Suhrob Nurulloev, 89 (5:0)

 "Nasaf": Umidjon Ergashev, Husniddin Aliqulov,  Doniyorjon Narzullaev  (Suhrob Nurilloev, 82), Dilshod Saitov, Bahrom Abdurahimov (Shohmalik Komilov, 82), Husayn Norchaev (Andrey Kaluderovich, 86), Akmal Mozgovoy,  Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov ( Jo‘rabek Mannonov, 88), Marko Stanoevich (Abubakr-Rizo Turdialiev, 86), Umarbek Eshmurodov

"Bunyodkor": Sarvar Karimov, Davronjon Ergashev, Avazbek O‘lmasaliev (Muhammadodil Qahramonov, 75), Xurshid G‘iyosov (Farhod Mirahmatov,75), Lutfulla To‘raev (Sanjar Rashidov, 81), Mirjahon Mirahmadov (Shahboz Erkinov,34), Odiljon Abdurahmonov, Nurillo To‘xtasinov, Ulug‘bek Abdullaev (Suhrob Izzatov,75), Abdulla Abdullaev, Ibrohim Tomiva

Ogohlantirish: Marko Stanoevich, 36, Oybek Bozorov, 88 - Odiljon Abdurahmonov, 38, Lutfulla To‘raev, 42.

mib
cola
apex
bmb