Bugun U-16 ayollar chempionatining final bosqichiga qur’a tashlanadi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan OFK hamda FIFA talabi asosida ilk bor tashkil etilgan U-16 ayollar chempionatining final bosqichiga bugun — 27-sentyabr kuni soat 15:00 da qur’a tashlanadi. Qur’a jarayoni MyCujoo platformasi orqali jonli efirga olib chiqiladi.

Mazkur musobaqada 21 ta jamoa chempionlik uchun kurashga kirishgan bo‘lib, Superliga jamoalarining barchasi o‘z qoshida U-16 ayollar jamoasini tashkil qildi. Ayni vaqtda 10 ta jamoa final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan: “Sevinch U-16”, “Sho‘rtan U-16”, “Andijon U-16”, “Turon U-16”, “Aral samali U-16”, “Xorazm U-16”, “Bunyodkor U-16”, AGMK U-16, “Dinamo U-16”, “Metallurg U-16”. 

Final bosqichiga Qarshi shahri mezbonlik qiladi. Uchrashuvlar 10-17-oktyabr oralig‘ida bo‘lib o‘tadi. Unda jamoalar 5 tadan ikki guruhga qur’a yordamida ajratib olinadi. Guruhda barcha jamoalar o‘zaro bir martadan to‘qnash keladi. Guruh uchrashuvlari yakuniga ko‘ra, har ikki guruh g‘olibi chempionlik uchun final o‘yinida ishtirok etadi. Mos ravishda har bir guruhning keyingi o‘rinlardagi jamoalari parallel guruhning shu o‘rindagi jamoasiga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etib, musobaqadagi o‘rniga oydinlik kiritib oladi. 

Qur’a jarayonini mazkur havola yordamida kuzatib borishingiz mumkin.

mib
cola
apex
bmb