U-18. “Neftchi” chempionlikka da’vogarlik mavqeini ancha yaxshilab oldi

18 yoshlilar chempionatida ko‘chirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Neftchi” 22-turda qabul qilishi lozim bo‘lgan “Sho‘rtan” jamoasi bilan kuch sinashdi. Farg‘onaliklar o‘yin taqdirini  birinchi bo‘limning o‘zidayoq xal qilib bo‘lishgandi – raqiblar darvozasini uch bor nishonga olishdi. Ikkinchi bo‘limda esa tomonlar bittadan gol urishdi, yakunda maydon egalari yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.

 

U-18 Chempionati.

22-tur uchrashuvi.  25 sentyabr, shanba

 

NEFTChI – ShO‘RTAN – 4:1 (3:0)

Farg‘ona. “Neftchi” qarorgohi maydoni. 35 tomoshabin.

Hakamlar: Jamoliddin Qosimov, Axror Rahmatov, Shohruh Shokirov

Nazoratchi: Erkin Oripov

Komissar: Rasuljon Yo‘ldoshev

Gollar: Muhammadkamron Ergashev (17), Faxriddin Muhammadov (21), Oblayorbek Rahmatov (37, 60) – Azizbek Rashidov (85)

Ogohlantirishlar: Mashrabjon Turg‘unov (69), Muhammadali Xolmatov (75), Samandarbek To‘xtasinov (88) -  Qodirxon Nodirshoev (20), Xolmurod Murodov (80).

mib
cola
apex
bmb