Birinchi liga. Autsayderlarga atalgan kun

Birinchi liganing 19-tur o‘yinlari davom ettirildi. Raqiblaridan sezilarli ravishda ortda qolayotgan ikki autsayder bu turda raqiblari ustidan g‘alaba qozonishdi. “Jizzax-Bars” o‘z uyida “Chig‘atoy”ni uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida kiritgan yagona goli evaziga mag‘lubiyatga uchratib, ochkolari sonini 9 taga etkazdi. Turnir jadvalida eng quyidan bir pog‘ona yuqorida bo‘lgan “Jomboy” esa navbatdagi uch ochkosini safarda qo‘lga kiritdi – “Lokomotiv-BFK” jamoasini 2:1 hisobida  engdi va 11 ochko to‘pladi.  

 

Birinchi liga. 19-tur.

25 sentyabr, shanba

 

JIZZAX-BARS – ChIG‘ATOY – 1:0 (0:0)

Sh.Rashidov t. “Markaziy” stadion. 35 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Rahmonov, Alisher Rahimqulov, Bunyod Turdiev

Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gol: Murodxo‘ja Jabborov, 90 (1:0)

Ogohlantirishlar: Asiljon Orifov, 23, Muhammad Yahyoev, 43 – Xislat xalilov, 14, Doniyor Valiev, 50.

 

LOKOMOTIV-BFK – JOMBOY – 1:2 (0:2)

Toshkent. “Futbol akademiyasi” maydoni.

Hakamlar: Ahmadjon Ergashev, Begjon Begaliev, Sultonmurod Xojiev

Nazoratchi: Fayzullo Hasanov

Komissar: Abbos Axrorov

Gollar: Alisher Egamov, 7 (0:1), Jahongir Mamatov, 45+1 (0:2), Jasur Ahmedov, 78 (1:2)

Ogohlantirishlar: Yashnar Rahmonov, 73 – Mirjalol Loqaev, 36.

mib
cola
apex
bmb