Birinchi liga. "Paxtakor-79" ikkita gol urgan o‘yinda durang qayd etildi

Birinchi liganing 19-tur o‘yinlari start oldi. Dastlabki kunda “Navbahor-Farm” o‘z maydonida “Paxtakor-79”ni qabul qildi. Mezbonlar birinchi bo‘lib hisobda oldinga chiqishi mumkin edi, biroq Abdulaziz Nishonboyev penaltini aniq bajara olmadi. O‘yinda hisobni ochish mezbonlarga nasib etdi, biroq raqib darvozasini emas, o‘z darvozasi to‘rini nishonga olishdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalardagina "Paxtakor-79" mezbon jamoasi darvozasiga ham yo‘l topa olishdi va hisobni tenglashtirishdi.

 

Birinchi liga. 19-tur.

24-sentyabr, juma

NAVBAHOR-FARM – PAXTAKOR-79 – 1:1 (0:0)

Namangan. “Markaziy” stadioni zaxira maydoni. 578 tomoshabin.

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘raev, Boburbek Ibrohimov, Azizbek Isaqov

Nazoratchi: Shuhrat Bozorov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Shohruhmirzo Ahmadaliyev, 64-avtogol (1:0), Umarjon Nasriddinov, 90+1 (1:1)

Noaniq penalti: Abdulaziz Nishonboyev, 23 (“Navbahor-Farm”)

Ogohlantirishlar: Abdulaziz Nishonboyev, 45, Shaxzodbek Hamidov, 90+3 – Ramzbek Isaqov, 19, Omadbek Ismoilov, 65.

 

 

mib
cola
apex
bmb