Pro liga. “Dinamo” “Neftchi”ga yaqinlashyapti

Pro liganing “A” guruhi dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uy o‘yinlari sifatida G‘ijduvondagi stadiondan foydalanayotgan “Nurafshon” yangi nom ostidagi debyut o‘yinida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.  Samarqandliklarning mezbonlar darvozasiga kiritgan ikkita goli “Dinamo”ga g‘alaba keltirdi. Mazkur uch ochko samarqandliklarni “Neftchi”ga tobora yaqinlashtirdi. Farg‘onaliklar ertaga o‘z maydonida “Olimpik” ustidan ustunlikka erishgudek bo‘lsa, oradagi farq yanada kattalashish ehtimoli ko‘p.

 

Pro liga. 19-tur. “A” guruhi

23 sentyabr, payshanba

 

NURAFShON – DINAMO – 0:2 (0:0)

G‘ijduvon. “Navro‘z” stadioni. 192 tomoshabin.

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Islom Azimov, Sherzod A’zamov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Zohir Akramxonov

Gollar: Ro‘zimboy Ahmedov, 77-pen.(0:1), Shohruhbek Abdurahmonov, 84 (0:2)

Nurafshon”: Sardor Qobuljonov, Mirjalol Jumaev, Bobur Qosimov (Shavkat Salomov, 46), Anvarjon Jo‘raev, Davronbek Isaqov, San’at Shixov, Rustamjon Abduhamidov, Bexruz Shodmonov, Sardorbek Izzatov, Marko Milich (Jasurbek O‘rinov, 31, Bekzod Sayidov, 83), Fayzullobek Jumanqo‘ziev (Amirjon Safarov, 46, Tohir Maladustov, 77)

Dinamo”: Aslonbek Axrorov, Shohruhbek Abdurahmonov (Oleg Marchuk, 87), Humoyun Sherbo‘taev, Ro‘zimboy Ahmedov (Timur Usmonov, 80), Obid Jo‘raboev, Jasur Hasanov, Temurbek Ismoilov, Islom Sharipov (Akmal Kozimov, 90), Muhammadqodir Hamraliev, G‘olibjon Sariboev, Sardorbek Eminov (Siroj Meliev, 87)

Ogohlantirishlar: Mirjalol Jumaev, 76, Anvarjon Jo‘raev, 90+3 – Oleg Marchuk, 90+3.

 

mib
cola
apex
bmb