Coca-Cola Superliga. “Bunyodkor” ikki marta hosibda ortda qoldi va yakunda g‘alaba qozondi

Coca-Cola Superliganing 19-tur doirasidagi navbatdagi uchrashuv yakuniga etdi (turning so‘nggi o‘yini – “Nasaf” – “Surxon” boshqa muddatga qolddirilgan). “Toshkent derbisi”da kimning ustunlikka erishishi borasida oldindan bir nima deyish qiyin edi. O‘yinda esa avvaliga “temiryo‘lchilar”ning  tashabbusi  sezildi. Boisi ular ikki marta hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo uchrashuvning ikkinchi bo‘limi va yakuni arafasida “qaldirg‘ochlar” tashabbusni o‘z qo‘llariga olishdi. Buni qayd etilgan hisob ham aytib turibdi.

 

Coca-Cola Superliga. 19-tur

21 sentyabr, seshanba

 

BUNYoDKOR – LOKOMOTIV - 3:2 (1:1)

Olmaliq. OKMK stadioni. 73 tomoshabin.

Hakamlar: Zokir Qodirov, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Doston Mirzaraimov

Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov

VAR hakami: Asker Najafaliev

VAR assistenti: Ruslan Serazitdinov

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Vladimir Nazarov.

Gol: Temurxo‘ja Abduxoliqov, 24-pen. (0:1), Xurshid G‘iyosov, 34 (1:1), G‘ulom Haydar G‘ulomov, 58 (1:2), Xurshid G‘iyosov, 90+3 (2:2), Mirjahon Mirahmadov, 90+9 (3:2)

"Bunyodkor": Sarvar Karimov, Avazbek O‘lmasaliev, Farhod Mirahmatov (Shahboz Erkinov, 78), Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘raev, Mirjahon Mirahmadov, Odiljon Abdurahmonov, Ulug‘bek Abdullaev ( Muhammadodil Qahramonov, 78), Abdulla Abdullaev, Suhrob Izzatov (Sanjar Rashidov, 68),  Ibrahim Tomiva.

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Islom Qobilov, Kaxi Maxaradze (Sadriddin Abdullaev, 71), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Marat Bikmaev, 82), Azizbek Amonov (Jasurbek Jaloliddinov, 68), Sanjar Qodirqulov (Islom Rashidxonov, 82), Jaloliddin Jumaboev, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Shuhrat Muhammadiev, Sherzod Fayziev, Diyorjon Turopov (Xurshidbek Muxtorov, 82)

Ogohlantirishlar: Suhrob Izzatov, 41, Ulug‘bek Abdullaev, 50, Farhod Mirahmatov, 73, Sarvar Karimov, 90+14 -  Sanjar Qodirqulov, 76, Sherzod Fayziev, 79.

 

mib
cola
apex
bmb