Coca-Cola Superliga. “So‘g‘diyona”da ketma-ket ikkinchi durang, “Mash’al” da ham

Qoldirilgan “Surxon” – “Nasaf” o‘yinini inobatga olmaganda Coca-Cola Superliganing 19-tur uchrashuvlari nihoyasiga etdi. Bugunga belgilangan “Mash’al” va “So‘g‘diyona” jamoalari bahsida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi. Vaholanki, har ikkala jamoa tomonidan ko‘plab hujumlar uyushtirildi, xavfli vaziyatlar yaratildi. Lekin vaziyatlarning birontasi darvoza to‘riga kelib tushmadi.

 

 

Coca-Cola Superliga. 19-tur

21 sentyabr, seshanba

 

MASh’AL – SO‘G‘DIYoNA - 0:0

Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 502 tomoshabin.

Hakamlar: Aziz Asimov, Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov, To‘rabek Suyunov

Nazoratchi: Ravil Shayaxmitov

Komissar: Shohruh Said

"Mash’al": Dostonbek To‘xtaboev, Zafar Akramov (Qahramon Bahodirov, 85), Najmiddin Normurodov, Oybek Nurmatov (Ifeani Ifeani, 71), Godvin Chika Okvara, Samuel Chigozi Ononivu (Mishel Okoro Ibe, 88), Shahzod Shaymanov (Ruslan Xojiev, 88), Jamoliddin Ubaydulloev, Sirojiddin Qo‘ziev, Samandar Shukurullaev, Muhammadali Yo‘ldoshev (Abbos Shodmonov, 85)

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Elyor Orifov, Iskandar Shaykulov, Jamshid Boltaboev, Shohruz Norxonov, Daniel Nasriddinov (Darko Stanoevich, 75), Shahboz Jo‘rabekov (Ergash Ismoilov, 87), Javohir Qahramonov, Bahodir Nasimov (Jasur Hasanov, 56), Luka Chermel, Marko Kolakovich.

Ogohlantirishlar: Zafar Akramov, 46, Ifeani Ifeani, 78, Dilaver Vaniev, 81 (texnik direktor)  -  Iskandar Shoyqulov, 22, Elyor Orifov, 90+4.

mib
cola
apex
bmb