Coca-Cola Superliga. “Turon” o‘z uyida muhim ochkoni boy berdi

Coca-Cola Superliganing 19-tur o‘yinlari davom ettirildi. Kecha “Andijon” “Paxtakor”ni engib, autsayderlik “maqomidan” vaqtincha  voz kechgandi. Bugun “Turon” o‘z maydonida “Navbahor” ustidan g‘alaba qozonsa, andijonliklar yana quyidagi “joyiga” tushishi mumkin edi. Lekin bunday bo‘lmadi. Yaypanliklar birinchi bo‘limda o‘zlarining xatolari tufayli namanganliklarga imkoniyatni boy berishdi va eng quyi pog‘onaga “sho‘ng‘idi”. Birinchi davraning ikkinchi yarmi va ikkinchi davraning boshida ancha shov-shuvli natijalar qayd etib, turnir jadvalida ham yaxshigina ko‘tarilishga erishgan “Qizilqum”dan oltinchi turki omad yuz o‘giryapti – o‘z maydonida raqiblariga ochko ulashyapti, safarlardan esa “quruq” qaytyapti. Omadsizlik bu turda ham davom etdi. Harchand urinmasin, navoiyliklar olmaliqliklar darvozasiga “yo‘l topa olmadi”, yaxshiki o‘z darvozalari daxlsizligini ham saqlay oldi.

 

Coca-Cola Superliga. 19-tur

20 sentyabr, dushanba

 

TURON – NAVBAHOR - 0:1 (0:1)

Yaypan, "O‘zbekiston" stadioni. 3200 tomoshabin.

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Sardor Nishonboev, Avaz Abdullaev, Davron Akmalov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gol: Nizomiddin Ziyovutdinov, 37-o‘z darv. (0:1)

"Turon": Nizomiddin Ziyovutdinov, Asliddin Toshtemirov, Sardor Abduraimov  (Sunnatilla Ermatov,73 ), Sunnatillo Abdullajonov (Doniyor Ismoilov, 73), Humoyun Murtozaev(Otabek Zokirov, 73), Ixtiyor Toshpo‘latov (Boyng Kim, 57), Fozil Musaev (Muzaffarjon Muzaffarov, 87), Vladislav Kasminin, Abdulazizxon Abdurashidov, Dayan Ponevich, Bilolxon Toshmirzaev 

"Navbahor": O‘tkir Yusupov, Boyan Tsiger, Azimjon Ahmedov, Ivan Solovev (Guttiner Kosta, 63), Quvondiq Ro‘ziev (Ilhomjon Alijonov, 76), Panshanbe Ehsoni, Mirzohid G‘ofurov (Ibrohim G‘anixonov, 76), Igor Golban, Davronbek Hoshimov, Boyan Naydenov, Zabihillo O‘rinboev

Ogohlantirishlar: Abdulazizxon Abdurashidov, 2, Fozil Musaev, 80, Otabek Zokirov, 90+3, Muzaffarjon Muzaffarov, 90+5 - Mirzohid G‘ofurov, 49, Panshanbe Ehsoni, 65, Kosta Guttiner, 75, Boyan Naydenov,77.

 

QIZILQUM – AGMK - 0:0

Navoiy. "Yoshlar" sport majmuasi. 472 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Olimjon Abduvosilov, Shavkat Rahmatov, Farruh Yansupov

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Aleksandr Davidenko

"Qizilqum": Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullaev, Islom Kenjaboev, Giorgi Kuxianidze (Humoyun Abdualimov,  85), Mate Vatsadze, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoev, Islom To‘xtaxo‘jaev, Muhsinjon Ubaydullaev (Jasur Azimov, 68), Elguja Grigalashvili (Jamshid Hasanov, 80), Oleg Tolmasov

AGMK: Valijon Rahimov,  Akromjon Komilov,  Mirjamol Qosimov (Sanjar Shoahmedov, 63),  Sardor Rahmonov, Boburbek Yo‘ldoshev, Husniddin G‘ofurov (Murod Toshmatov, 82),  Sanjar Tursunov, Aleksandr Kasyan (Martin Boake, 75), Mirg‘iyos Sulaymonov (Dilshod Ahmadaliev, 63), Yovan Jokich, Shohruh Gadoev (Elvin Fortes, 82)

Ogohlantirishlar: Muhsinjon Ubaydullaev, 46, Islom Kenjaboev, 56 - Akromjon Komilov, 55, Valijon Rahimov, 79, Boburbek Yo‘ldoshev, 87.

mib
cola
apex
bmb