U-21 G‘oliblarning g‘alabasi jadvalga ta’sir qilmadi

Mamlakatimizning ikki shahrida 21-yoshlilar chempionatining 19-turi start oldi. “Akalari” kabi turnir jadvalida so‘nggi pog‘onada borayotgan “Andijon” o‘z maydonida “Paxtakor” ustidan zafar qozondi. Biroq g‘alaba jamoaning jadvaldagi “mavqeiga” ta’sir qilmadi. Huddi shunday vaziyat “Qo‘qon-1912” jamoasida ham kuzatildi. Qo‘qonliklar  Bekobodga safar uyushtirdi va mezbonlarni mag‘lub etishning uddasidan chiqishdi. Biroq  uch ochko ham vodiyliklarning turnir jadvalidagi 11-pog‘onasidagi o‘rnidan yuqorilashga xizmat qilmadi.  

 

U-21. 19-tur.

18 sentyabr, shanba

 

ANDIJON – PAXTAKOR  - 2:1 (1:0)

Andijon. BO‘FM maydoni.

Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Ziyodullo Abdurahmonov, Abdulhamid Abduraimov

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Xurshidbek Ubaydullaev, 13-pen. (1:0), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 52 (1:1), Mardon Abdullaev, 84 (2:1)

Amalga oshirilmagan penalti: Humoyunmirzo Iminov, 45 (“Paxtakor”)

Ogohlantirishlar: Xojiakbar Mo‘minov, 50, Islombek Mamatkazin, 65, Izzatilla Abdulakov, 87 – Botir Irismetov, 38, Xosrov Xananov, 90+3.

 

METALLURG – QO‘QON-1912 – 2:4 (1:2)

Bekobod. “Metallurg” stadioni.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Muhammadaziz Karimov, Artem Snetkov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Gollar: Shaxzodjon Ne’matjonov, 3 (1:0), Habibjon Sharipov, 11 (1:1), Azimjon Mamatqulov, 18 (1:2), Abror Sarimsoqov, 57 (2:2), Ayubxon Isaqov, 63 (2:3), Muhsinjon Normatov, 86 (2:4)

Ogohlantirishlar: Muhriddin Salohiddinov, 45+1, Farruhbek Xojibekov, 71 – Avazxon Mamatqo‘ziev, 71

Chetlatish: Muhriddin Salohiddinov, 88 (ikkinchi sariq) – Avazxon Mamatqo‘ziev, 88 (ikkinchi sariq).

 

mib
cola
apex
bmb