Futzal. 2021/22 yilgi chempionatda ADIDAS CONEXT 21 PRO SAL to‘plaridan foydalaniladi

O‘zPFL futzal bo‘yicha 2021/22 yilgi mavsumni 9 oktyabr sanasidan boshlashni rejalashtirgan. Bunda g‘oliblik uchun 12 ta futzal jamoasi kurash olib boradi. Mazkur musobaqa Reglamenti muhokamaga qo‘yilgan bo‘lib, u bilan ushbu havola yordamida tanishib olishingiz mumkin.

Joriy mavsumdan boshlab tarixda ilk bor futzal jamoalari badal pullaridan to‘la ozod etilgan. Shuningdek, hakamlar bilan bog‘liq sarf-harajatlar ham klublar emas, balki O‘zPFL tomonidan qoplab boriladi.

Mavsum uchun biz ADIDAS CONEXT 21 PRO SAL to‘plarini xarid qildik. Bunda FIFA tomonidan Litva mezbonlik qilayotgan jahon chempionati uchun ham aynan shu to‘p tanlab olingani muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Mamlakatimizning eng kuchli futzalchilari mundial davomida shu to‘plar bilan zalga chiqayotgan bo‘lsa, keyinroq ichki chempionatda ham aynan shu to‘plar orqali musobaqalarda ishtirok etishadi.

Mavsum taqvimi yana bir necha kunlardan keyin taqdim etiladi.

 

mib
cola
apex
bmb