Babayan Reglamentga bepisandlik uchun “Turon”ga qarshi uchrashuv texnik zonasiga kiritilmaydi

“Navbahor lochinlari” futbol klubi bosh murabbiyi maslahatchisi Samvel Babayan Superliganing 17-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” — AGMK futbol klublari o‘rtasidagi uchrashuv davomida “2021-yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 18.20-bandini buzganligi uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi 2021-yil 10-sentyabr kungi 17-sonli qarori bilan mutaxassisga nisbatan jarima intizom chorasini qo‘llagan edi.

Shunga qaramay, Samvel Babayan Superliga 18-turi doirasidagi “Paxtakor” — “Navbahor lochinlari” futbol klublari ishtirokidagi uchrashuv davomida ham texnik zona uchun amalda bo‘lgan Reglament talablarini qo‘pol ravishda buzdi hamda O‘zPFL komissariga nisbatan bepisand muomalada bo‘ldi.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Professional futbol ligasi “Navbahor lochinlari” mutaxassisi Samvel Babayanning Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Turon” – “Navbahor lochinlari” o‘yini vaqtida texnik zonada harakatlanishiga nisbatan cheklov qo‘yadi va uning litsenziyasini 1 ta tur uchun bekor qiladi. Shuningdek, Samvel Babayanga nisbatan belgilangan jarima to‘lovi to‘liq to‘lab berilmaguniga qadar, u O‘zPFL bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalarda texnik zonaga kiritilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Metallurg” bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Reglament talablarini ikki qayta buzgani uchun shunday jazoga loyiq ko‘rilgandi.

 

mib
cola
apex
bmb