Futzal chempionati 2021/22-yilgi mavsum starti yaqin. Musobaqa Reglamenti muhokama uchun tayyor

O‘zbekiston Professional futbol ligasi shu yilning 12-iyul sanasida futzal klublariga murojaat qilgan bo‘lib, unda chempionat uchun transfer kunlari hamda yangi mavsumning rejalashtirilayotgan sanasi ma’lum qilingandi.

Avval xabar berilganidek, futzal chempionati uchun birinchi transfer oynasi 2-avgust sanasida ochilgan va u 6-oktyabrga qadar davom etadi. Qishki transfer esa 17-yanvar — 12-fevral sanalari oralig‘ida amalda bo‘ladi. Yangi mavsum esa 9-oktyabr sanasida start olishi rejalashtirilgan.

Ayni vaqtga kelib O‘zPFL tomonidan futzal musobaqalari uchun Reglament tayyor holga keltirilgan bo‘lib, u muhokama uchun futbol klublari hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga taqdim etilgan. Shuningdek, O‘zPFL mazkur Reglamentni jamoatchilik muhokamasi uchun ham e’lon qiladi. Uni quyidagi havola yordamida ko‘chirib olish imkoniyati mavjud. Biz bu boradagi taklif va tanqidlaringiz uchun ochiq ekanligimizni ma’lum qilamiz.

mib
cola
apex
bmb