Coca-Cola Superliga. So‘nggi daqiqalar – “Qo‘qon-1912” uch ochko “yo‘qotdi”, “Mash’al” bir ochko “ishladi”

“Qo‘qon-1912” va “Mash’al” jamoalari o‘yini bilan Superliganing 18-turiga start berildi. Ikkala jamoaning bugun qayd etadigan natijasi turnir jadvalida na o‘zaro o‘yiniga va na umumiy ko‘rinishga ta’sirini ko‘rsatmas edi, faqat ochkosini oshirish-u, keyingi turlarga vaziyatini yaxshilash, “xavfli hudud”ga tushib qolmaslik  imkoniyatini berardi. Aksiga olib  uchrashuvda durang qayd etildi. Maydon egalari har safar hisobda oldinga chiqib olgandi, biroq mehmonlar har gal hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘laverdi. Ayniqsa, uchrashuvga qo‘shib berilgan qo‘shimcha vaqtning so‘nggisida muborakliklar tomonidan kiritilgan gol maydon egalari uchun uch ochkoni “yo‘qotish”, mehmonlar uchun bir ochkoni “ishlab olish” dek gap bo‘ldi.

 

Coca-Cola Superliga. 18-tur

14 sentyabr, seshanba

 

QO‘QON-1912 – MASh’AL - 2:2 (2:1)

Qo‘qon. “Markaziy” stadion.

Hakamlar: Elyor Tursunov, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Lochinbek Dolimov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

VAR hakami: Asker Najafaliev

VAR assistenti: Timur Galeev

VAR operatori: Sherali Jonaliev

VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Anvarjon Xojimirzaev, 13 (1:0), Jamoliddin Ubaydullaev, 20 (1:1), Mo‘minjon Meliev, 36 (2:1), Jamoliddin Ubaydullaev, 90+4 (2:2)

"Qo‘qon-1912":  Hurshid Xo‘jaev, Bobirjon Akbarov, Ilhomjon Vahobov, Slavko Lukich, Asadbek Sobirjonov (Avazxon Mamatxo‘jaev, 88), Mo‘minjon Meliev (Andrey Sidorov, 67), Oybek Rustamov, Anvarjon Xojimirzaev (Yakuba Bamba, 71), Iqboljon Malikjonov, Muhammadanas Hasanov (Sardorbek Azimov, 71), Ivan Yosovich

"Mash’al": Botir Nosirov, Najmiddin Normurodov, Ifeani Ifeani (Shahzod Shaymanov, 46), Oybek Nurmatov (Samuel Ononivu, 72), Chika Okvara, Jamoliddin Ubaydullaev, Qahramon Bahodirov (Sirojiddin Allaev, 85), Hudoyorxon Sagdullaev (Ruslan Xojiev, 82), Sirojiddin Qo‘ziev, Samandar Shukurillaev, Muhammad Yo‘ldoshev (Zafarbek Akramov, 72)

Ogohlantirishlar: Oybek Rustamov, 50 – Iveani Ifeani, 18.

mib
cola
apex
bmb