Ayollar futboli. Birinchi liga. “To‘maris” Andijonga etib kela olmadi

 

Andijon shahridagi “Futbol mahorat maktabi” maydonida ayollar futboli bo‘yicha Birinchi liganing 7-tur o‘yinlari start oldi. Unda liganing “Neftchi”, “Andijon”, “Surxon”, AGMK-2” hamda “Dinamo” jamoalari o‘zaro kurashga kirishdi. Urganchning “To‘maris” jamoasi esa Andijonga kela olmasligi bo‘yicha O‘zPFLga rasman murojaat etgan. Dastlabki kungi bahslarda maydon egalari “Neftchi” jamoasiga yirik hisobda yutqazib qo‘yishdi . “Surxon” esa AGMK-2 jamoasiga bitta to‘p farqi bilan engildi.

Musobaqaning 8-turi 16 sentyabrga belgilangan.

 

Ayollar futboli. Birinchi liga.

7-tur. 14 sentiyabr, seshanba. Andijon.

 

NEFTChI – ANDIJON – 8:0 (2:0)

Hakamlar: Xushnud Suyunboev, Abdulhamid Abduraimov, Shohruh Akromov

Nazoratchi: Toir Nizomov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Gulira’no Hasanova (30, 52), Gulchehra A’zamova (38), Gulsanam Yusupova (57, 58), Sitora Nishonova (80, 84), Adiba Omonova (90+3)

Ogohlantirish: Yo‘q –yo‘q.

 

SURXON – AGMK-2 – 0:1 (0:1)

Hakamlar: Alisher To‘xtasinov, Abdulhamid Abduraimov, Oyatullo  Akramov

Nazoratchi: Muzaffar Mamedov

Komissar: Shoislom Xolmatov

Gol: Leyla Oraniyozova (45)

Ogohlantirish: Yo‘q – Leyla Oraniyozova (24).

mib
cola
apex
bmb