Ayollar futboli. U-16. “Sevinch” guruh g‘olibi, ikkinchi o‘ringa “Nasaf” va “Sho‘rtan” da’vogar

 Ayollar futboli bo‘yicha 16 yoshlilar musobaqasida 9-turdan qoldirilgan bitta o‘yin o‘tkazildi. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Sevinch” jamoasini qabul qildi va yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. “Sevinch” musobaqaning “D” guruhida yuz foizli natija qayd etdi. Jamoa raqiblar darvozasini 59 marotaba ishg‘ol etgan holda o‘z darvozasidani atigi bitta gol o‘tkazib yubordi. Guruhdan ikkinchi bosqichga chiqish uchun yana bir yo‘llanmaga esa ayni paytda “Nasaf” va “Sho‘rtan” jamoalari da’vogarlik qilyapti. “Nasaf” barcha uchrashuvlarni o‘tkazib bo‘ldi va 13 ochko to‘pladi. “Sho‘rtan”da 11 ochko mavjud. Biroq g‘uzorliklar so‘nggi o‘yinini (8-turdan qoldirilgan) 16 sentyabr kuni Termiz shahrida “Surxon” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Mavsumni birorta ham ochkosiz yakunlayotgan “Surxon” durang qayd etgudek bo‘lsa navbatdagi bosqichga “Nasaf” yo‘l oladi, “Sho‘rtan” zafar quchgan taqdirda esa, turgan gapki “Sho‘rtan” ikkinchi bosqichda musobaqani davom ettiradi.  

 

Ayollar futboli. U-16.

9-turning qoldirilgan o‘yini. 14 sentyabr, seshanba

 

ShO‘RTAN – SEVINCh – 0:3 (0:1)

G‘uzor. BO‘SM maydoni

Hakamlar: Izzat Usmonov, Firdavs Sherqulov, Sanjar Ochilov

Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev

Komissar: Elbek Jo‘raev

Gollar: Sitora Toshtemirova (7), Kseniya Buntina (33), Sevinch Majidova (60+2)

Ogohlantirish: Yo‘q – Madina Shavkatova (55).

mib
cola
apex
bmb