U-18. “Yangier” ketma-ket g‘alabalar evaziga uchinchi o‘ringa chiqib oldi

18 yoshlilar chempionatida bitta uchrashuv o‘tkazildi. 16-tur doirasidagi ko‘chirilgan o‘yinda “Yangier” o‘z maydonida “Aral Samali”ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi. Kechagi “Dinamo” ustidan g‘alaba, bugungi yutuq... jamoa turnir jadvalida besh pog‘ona ko‘tarilishga erishdi. Ayni paytda “Yangier” 15 uchrashuvdan 30 ochko to‘plagan holda uchinchi o‘rinni band etib turibdi. Ikkinchi o‘rinda shuncha ochko yig‘a olgan “Paxtakor” bormoqda. Biroq yosh “sherlar” ikkita o‘yin kam o‘tkazgan. Turnir jadvalini esa 15ta uchrashuvdan 38  ochko to‘plagan “Neftchi” boshqarmoqda.

 

U-18 Chempionati.

16-turning ko‘chirilgan o‘yini. 14 sentyabr, seshanba

 

YaNGIER – ARAL SAMALI – 6:0 (1:0)

Yangier. “Yangier” FK qarorgohi maydoni.

Hakamlar: Doston Rahmonov, Gulshoda Saitqulova, Alisher Rahimqulov

Nazoratchi: Baxtiyor Yulcharaev

Komissar: Xurshid Yo‘ldoshev

Gollar: Elchin Alloberdiev (15), Asliddin Ismoilov (66), Abdulxay Abduvaliev (76), Mirxayit Xoldorov (79, 81), Bekjon Jo‘raboev (90+1)

Ogohlantirishlar: Abdulxay Abduvaliev (61), Mirxayit Xoldorov (70), Asliddin Ismoilov (74) - Doniyor Soliev (72)

Chetlatishlar: Mirxayit Xoldorov (90+4, ikkinchi sariq) – Shuhrat Jaksibaev (70).

 

 

mib
cola
apex
bmb