“Turon” futbol klubining U-21 jamoasiga texnik mag‘lubiyat yozildi

Joriy yilning 10-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan U-21 chempionati 17-turi doirasidagi “Turon” – “Nasaf” uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etilgan edi.

Biroq “Turon” jamoasi mazkur uchrashuv qaydnomasiga sariq kartochkalari soni 4 taga yetib, 17-turni o‘tkazib yuborishi lozim bo‘lgan futbolchi – A. Abdurashidovni kiritganligi sababli “2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar Reglamenti” 17.10-bandiga muvofiq “Turon U-21” jamoasiga texnik mag‘lubiyat, “Nasaf U-21” jamoasiga esa texnik g‘alaba yozildi.

Shu bilan birga, ushbu uchrashuvda urilgan gollar bekor qilinadi, olingan ogohlantirish va chetlashtirishlar o‘z kuchida qoladi. 

mib
cola
apex
bmb