U-21. “Mash’al” kuchlilar safiga yaqinlashdi

21 yoshlilar chempionati start oldi. Bugunga belgilangan yagona uchrashuvda mehmonlar yirik hisobda g‘alaba qozonishdi. O‘z maydonida “Mash’al” klubi tarbiyalanuvchilarini qabul qilgan qo‘qonliklar darvozalaridan javobsiz to‘rtta gol o‘tkazib yuborishdi. Mazkur g‘alaba muborakliklarni kuchli uchlikka yaqinlashtirdi. Peshqadam AGMKda 39 ochko bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlardagi “Bunyodkor” hamda “Turon”da 31 ochkodan bor, “Mash’al” esa 30 ochko to‘pladi.

 

U-21. 18-tur.

13 sentyabr, dushanba

 

QO‘QON-1912 – MASh’AL – 0:4 (0:1)

Qo‘qon. “BO‘SM-2 maydoni.

Hakamlar: Lochin Dolimov, Shohruh A’zamov, Azizbek Isaqov

Nazoratchi: Rashid Aytekov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Murodxon Shamsiddinov, 33 (0:1), Ruslan Xojiev, 48 (0:2), Ruslan Xojiev, 63 (0:3), Jahongirbek Abdusalomov, 75 (0:4)

Ogohlantirishlar: Muhsinjon Normatov, 73, Abdulloh Mirkomilov, 76, Quvonchbek Cho‘lponov, 84  - Zoirjon Tursunov, 48, Husniddin Mahmudov, 55, Asdbek Jo‘raqulov, 84

Chetlatish: Abdulloh Mirkomilov, 85 - Ibrohim No‘’monov, 85.

mib
cola
apex
bmb