Ayollar futboli. U-16. “Navbahor” raqibiga qarshi etti nafar futbolchisini tushirdi

Qizlar o‘rtasidagi 16 yoshlilar musobaqasida 10-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Xayratlanarlisi “Turon”ga qarshi o‘yinga “Navbahor” jamoasi etti nafar tarkibi bilan bordi va maydonda zaxira uyoqda tursin, aynan etti kishi bo‘lib harakat qilishdi. Namanganliklar o‘tgan turda o‘z maydonida “Andijon”ga qarshi o‘n kishi bo‘lib to‘p surishgandi, bu safar esa son jihatdan yana kamayishdi. Maydonda kamchilikka qarshi kurashgan yaypanliklar ortiqcha qiyinchiliklarsiz g‘alaba qozonishdi va 17 ochko bilan guruhda peshqadam “Andijon”ga etib olishdi.   “Andijon” esa o‘z maydonida qo‘qonliklarga yutqazishib, turnir jadvalida bir ochkolik farq bilan yaqinlashib olishlariga   imkoniyat yaratib berishdi. “Sevinch” guruhda mag‘lubiyatlarsiz yurishini davom ettirdi va guruh g‘olibligini qo‘lga kiritib bo‘ldi. Ikkinchi o‘ringa “Nasaf” va “Sho‘rtan” jamoalari kurash olib boryapti. Ularning oralaridagi farq ikki ochkoni tashkil etyapti.

 

 

 

 

Ayollar futboli. U-16.

10-tur. 12 sentyabr

TURON – NAVBAHOR – 3:1 (3:0)

Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni zaxira maydoni.

Hakamlar: Shaxboz Vahobjonov, Shohruh Shokirov, Maqsad Esonjonov

Nazoratchi: Jamoliddin Tojiboev

Komissar: Ravshan Mirzakarimov

Gollar: Ulyana Zanina (14), Sarvinoz Xoshimova (21, 23) – Navbahor To‘xtaboeva (54)

Ogohlantirish: Yo‘q -yo‘q.

 

ANDIJON – QO‘QON-1912 – 1:2 (0:0)

Xo‘jaobod. BO‘SM maydoni.

Hakamlar: Abdulhamid Abduraimov, Oyatillo Hakimov, Farruh Bekmurodov

Nazoratchi: Muzaffar Mamedov

Komissar: Azizbek Isamutdinov

Gollar: Oydin Abdurazzoqov (55) – Gulnoza Hamidova (38, 50)

Ogohlantirish: Yo‘q -yo‘q.

 

MASh’AL -ShO‘RTAN – 0:0

Muborak. B.Vafoev nomli stadion kichik maydoni.

Hakamlar: Husnora Jumaeva, Zilola Rahmatova, Marjona Rahmatqulova

Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov

Komissar: Elbek Jo‘raev

Ogohlantirish: E’zoza Sevinova (90+2) – yo‘q.

 

SEVINCh – SURXON – 12:0 (5:0)

Qarshi. “Mehnatchi” stadioni.

Hakamlar: Izzat Usmonov, Firdavs Sherqulov, Marjona Rahmatqulova

Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov

Komissar: Elbek Jo‘raev

Gollar: Mehribon Egamberdieva (3, 8, 22, 31, 34, 49, 50), Kseniya Buntina (6, 39), Zarina Norboeva (10), E’tibor Shodieva (32), Sevinch Egamberdieva (47)

Amalga oshirilmagan penalti: Sevinch Majidova (41, “Sevinch”)

Ogohlantirishlar: Yo‘q - yo‘q.

mib
cola
apex
bmb