Birinchi liga. Durang “Navbahor-Farm”ni ikkinchi pog‘onaga ko‘tardi

Birinchi liganing 17-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Ikkita o‘yinda durang qayd etildi, birida esa “mehmonlar” zafar quchishdi. “Navbahor-Farm”ning o‘z maydonida “Chig‘atoy” bilan durang o‘ynashi o‘zaro o‘yinlar natijasiga ko‘ra “G‘ijduvon”dan “sakrab”, ikkinchi o‘ringa ko‘tardi. “Bunyodkor-Farm” esa o‘z maydonida “Paxtakor-79” bilan ochko ulashdi. “Jizzax-Bars”ning uy stadioni tayyor bo‘lmagani uchun mezbon sifatida “Zomin” stadionidan foydalandi. Va aynan “Zomin”ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limi tomoshabop o‘tdi – murosasizliklar, keskin hujum va metin himoya, kuchli zarbalar, ajoyib seyflar... Ikkinchi bo‘limda esa birinchi bo‘lim saviyasining yarmi ham bo‘lmadi. Oxir-oqibat uchrashuv so‘nggi daqiqalarida penalti evaziga zominliklar g‘alabani “ilib” ketishdi.

 

Birinchi liga. 17 -tur

12 sentyabr,yak shanba

 

BUNYoDKOR-FARM – PAXTAKOR – 79 – 2:2 (1:0)

Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi.

Hakamlar: Husan Muzaffarov, Elnur Doniyorov, Suxrob Sattorov

Nazoratchi: Erkin Oripov

Komissar: Jamshid Imomov

Gollar: Sanjar Rixsiboev, 37 (1:0), Orifjon Yusupov, 75-pen. (1:1),  Sanjar Rixsiboev, 84 (2:1), Aleksandr Zevadinov, 87-o‘z dar. (2:2)

Amalga oshirilmagan penalti: Abbosbek Jumaqulov, 70 (“Bunyodkor-Farm”)

Ogohlantirishlar: Rixsixo‘ja Ahmadxo‘jaev, 40, Aram Markaryan, 73, Abbosbek Jumaqulov, 90+1 -  Umarjon Nasriddinov, 8, Shohruhmirzo Ahmadaliev, 40, Abduvohid Sharipov, 59.

 

NAVBAHOR – ChIG‘ATOY – 1:1 (0:0)

Namangan. “Navbahor” stadioni zaxira maydoni.

Hakamlar: To‘rabek Suyunov, Husniddin O‘roldov, Husan Xudoyberdiev

Nazoratchi: Shuhrat Karimov

Komissar: Shohruh Said

Gollar: Azizbek Bahromov, 55 (0:1), Mirjalol Abdumutalov, 74 (1:1)

Ogohlantirishlar: Mirzohid Qo‘chqorov, 58, Diyor Jaloliddinov, 70, Xojiakbar Yunusov, 89, Abdulaziz Nishonboev, 90+4 – Mustafa Chabanov, 36, Mustafo Abdumannopov, 38, Sardor Olimov, 50, Dilshod Muratov, 60, Muhammadsafo Fozilov, 90+2.

 

JIZZAX-BARS – ZOMIN – 3:4 (2:2)

Zomin. “Zomin” markaziy stadioni.

Hakamlar: Ahmadjon Ergashev, Muhammadali Baxtiyorov, Turg‘unbek Jumaboev

Nazoratchi: Abdurahmon Qo‘ldoshev

Komissar: Oybek Yunusov

Gollar: Maradona Safarov, 2 (0:1), Murodxo‘ja Jabborov, 10 (1:1), Eldor Karimov, 23 (1:2), Fazliddin Abduvaliev, 32 (2:2), Muhammad Odilov, 48 (2:3), Jahongir Safarov, 52 (3:3), Eldor Karimov, 84-pen. (3:4)

Ogohlantirish: Islom Meliboev, 83 – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb