Birinchi liga. “G‘ijduvon” yana ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi

Birinchi liganing 17-turiga start berildi. Bugunga belgilangan ikkita o‘yinning ikkalasida ham mezbonlar yutuqqa erishishdi. “G‘ijduvon” o‘z maydonida “Jomboy”ga hech qanday imkoniyat tug‘dirmagan holda yana turnir jadvalinig ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. “lokomotiv-BFK” esa “Lochin”ni qabul qildi va uch ochko ishlab oldi. Vaholanki, “talabalar” ikki marotaba hisobda oldinga chiqishdi, ikki marta tenglashtirishga imkon berishdi va yakunda mag‘lubiyatga uchrashdi.

 

Birinchi liga. 17 -tur

11 sentyabr, shanba

 

G‘IJDUVON – JOMBOY – 5:1 (2:1)

G‘ijduvon. “Navro‘z” stadioni.

Hakamlar: Rustam Choriev, Jasur Tursunboev, Quvondiq Duschanov

Nazoratchi: Andrey Snetkor

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Islom Boysariev, 24 (1:0), Alisher Egamov, 28 (1:1), Islom Boysariev, 39 (2:1), Islom Boysariev, 53 (3:1), Song Longji, 61 (4:1), Sherzod Qodirov, 62 (5:1)

Ogohlantirishlar: Nurali Padarov, 14, Shavkat Rahmatov, 37 – Oybek To‘raboev, 35, Azim Husanov, 79, Dilshod Azimov, 90.

 

LOKOMOTIV-BFK – LOChIN – 3:2 (1:1)

Toshkent. “Futbol akademiyasi” maydoni.

Hakamlar: Farruh Yansupov, Ziyoviddin Erkinov, Adham Rixsiboev

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Ravshan Mavlonov

Gollar: Mirzoir Mirqosimov, 10 (0:1), Anvar Fayzullaev, 41 (1:1),  Dilmurod Abduqahhorov, 53 (1:2), Jasur Ahmedov, 72 (2:2), Javohir Muborakov, 87 (3:2)

Ogohlantirishlar: O‘tkirbek O‘ktamov, 45, Sardor Sodiqov, 56, Anvar Fayzullaev, 90+5 – Yahyo Ma’rufxo‘jaev, 80, O‘rol Abdimurodov, 82, Ulug‘bek O‘rinboev, 88, Boboxon Ravshanov, 88, Husniddin Salaydinov, 90+2.

Chetlatish: O‘tkirbek O‘)ktamov, 90+5 (ikkinchi sariq) -  yo‘q.

mib
cola
apex
bmb