U-21. “Turon” kuchli uchlikdagi joyini saqlab qoldi

21 yoshlilar chempionatining 17-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Superliganing kuchli uchligidan joy olib turgan “So‘g‘diyona”ning o‘rinbosarlar musobaqasidagi ahvoli durust emas. “Akalari” yuqoridagi kuchlilar qatorida yurgan bir paytda “ukalari” quyidagi uchlikda “sayr” qilmoqda. Bugun ham “So‘g‘diyona” Termizga tashrif buyurdi va mezbonlar bilan ochko bo‘lishdi.  “Turon” esa o‘z maydonida “Nasaf”ni qabul qildi va uchrashuvning so‘nggi soniyalarida kiritilgan gol evaziga muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi hamda kuchli uchlikdagi o‘rnini saqlab qolishga erishdi.  “Qizilqum” ham  “Lokomotiv”ni qabul qildi va yutuqni qo‘lga kiritdi.

 

U-21. 17-tur.

10 sentyabr, juma

 

SURXON – SO‘G‘DIYoNA – 1:1 (1:0)

Termiz. “Alpomish” stadioni.

Hakamlar: Nayim Qosimov, Jahongir Noraliev, Shuhratbek Mirzaev

Nazoratchi: Arslon Xotamov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

Gollar: Islomjon Toshpo‘latov, 26 (1:0), Sahob Rashidov, 80 (1:1)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – yo‘q.

 

TURON – NASAF – 1:0 (0:0)

Yaypan. “O‘zbekiston” stadioni.

Hakamlar: Akmal Rahimov, Shohruh Shokirov, Muhammadali Nurmatov

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Abbos Axrorov

Gol: Rustamxon Azimov, 90+3 (1:0)

Ogohlantirish: Asilbek Qayumov, 42 – yo‘q.

 

QIZILQUM – LOKOMOTIV – 2:1 (0:0)  

Navoiy. “Yoshlik” stadioni.

Hakamlar: Davron Akmalov, Azizjon Ergashev, Baxtinur Xolmatov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: O‘ktamjon Normurodov, 59 (1:0), Nurmuhammad Toshpo‘latov, 61 (1:1), Ilhomjon Kenjaev, 87 (2:1)

Ogohlantirishlar: Mirjalol Qosimov, 37, Timur Nabiev, 37 – Otabek Jo‘raev, 54.

mib
cola
apex
bmb