U-21. Amaldagi chempion autsayderlikni tark etdi

21 yoshlilar chempionatining 17-tur doirasidagi uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi. “Bunyodkor” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi ikkinchi o‘rnini  saqlab qoldi. Namanganga safar uyushtirgan AGMK esa mezbonlarni mag‘lubiyatga uchratgan holda yakka peshqadamlik mavqeini yanada mustahkamladi. Vaholanki, maydon egalari birinchi bo‘lim yakuniga ko‘ra hisobda oldinda borishayotgandi. Chempionatning amaldagi chempioni “Metallurg”ni bu mavsumda hech “ishi yurishmayotgandi”. Jamoa o‘n bir turdan keyin nihoyat, zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi. Mezbonlarning o‘yinning qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqalarida kiritgan goli jamoaning “autsayderlik” maqomini tark etishga xizmat qildi.

 

U-21. 17-tur.

9 sentyabr, payshanba

 

BUNYoDKOR – QO‘QON-1912 – 3:0 (0:0)

Toshkent. “Bunyodkor” akademiyasi.

Hakamlar: Sanjar Nazarov, Odil O‘rolov, Temur Jabborov

Nazoratchi: Temur Abdullaev

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Azizbek Pirmuhammedov, 70 (1:0), Umidbek Sultonov, 85 (2:0), Sudaysi Jo‘raboev, 90+1 (3:0)

Ogohlantirishlar: Azizbek Pirmuhammedov, 39, Sudaysi Jo‘raboev, 61 – Akbarjon Adhamov, 83.

 

NAVBAHOR – AGMK – 1:2 (1:0)

Namangan. “Markaziy” stadion zaxira maydoni.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Islomjon Nosirov, A’zamjon Mahmudjonov

Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Gollar: Shohruh Maxmudxojiev, 45+1 (1:0), Jasurbek Umarov, 68, Sanjar Jumaboev, 75

Ogohlantirishlar: Dostonbek Abdulxaev, 29, Asadbek Lutfullaev, 79 – Nodirbek Abduxoliqov, 40, Iskandar Businov, 49, Jasurbek Umarov, 90+4.

 

METALLURG – PAXTAKOR – 2:1 (1:1)

Bekobod. “Metallurg” stadioni.

Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Artem Snetkov, Ilhom Abdulakov

Nazoratchi: Ravil Shayaxmetov

Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Farruhbek Xojibekov, 15 (1:0), Abbosbek Fayzullaev, 23 (1:1), Abdulvosid Vosidjonov, 90+2 (2:1)

Amalga oshirilmagan penalti: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 77 (“Paxtakor”)

Ogohlantirishlar: Salohiddin Ergashev, 24, Farruhbek Xojibekov, 28, Bahrom Umarov, 30 (murabbiy), Akbar Abdirasulov, 33, Shahzodjon Ne’matjonov, 63 –  Diyorbek Ortiqboev, 63.

Chetlatish: Akbar Abdirasulov, 76 (ikkinchi sariq, “Metallurg”).

 

 

 

mib
cola
apex
bmb