Ayollar Oliy ligasi. Jangovor durang qayd etildi

Ayollar o‘rtasidagi Oliy liganing 16-tur o‘yinlari start oldi. Markaziy uchrashuvlardan biri sifatida qaralgan “Metallurg” va “Sevinch” jamoalari o‘yinida darvozalar daxlsizligi saqlab qolindi. Vaholanki, o‘tgan turda bekobodliklar safarda “Buxoro”ni yirik hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, qarshiliklar o‘z maydonida amaldagi chempion “Bunyodkor”ni ikkita to‘p farqi bilan ortda qoldirgandi. Bugungi o‘yin haqiqatdan ham shiddatli, ko‘plab xavfli vaziyatlarga boy bo‘ldi, ammo darvozalarga to‘p kirmadi.

 

Ayollar Oliy ligasi. 16-tur

8 sentyabr,chor shanba

 

 

METALLURG-W – SEVINCh – 0:0.

Bekobod. “Metallurg” stadioni

Hakamlar: Edita Mirobidova, Kristina Sereda, Mohirabonu Muralieva, Nazoratchi: Shuhrat Bozorov

Komissar: Aleksandr Davidenko.

Metallurg W”: Gulandon Boymatova, Muxlisa Mirzayorova, Mohira Jo‘raboeva, Diyora Jo‘raboeva (Durdona Alieva, 51), Setora Takaboeva,  Aynur Daulbaeva, Rushaniya Safina. Yulduz Hamdamova, Ro‘zixon Asqarova (Barchinoy Eshmurodova,  76, Nazima Kasimbekova, 86), Nozima Kamoltoeva, Oybarchin Turg‘unova.

 “Sevinch”: Maftuna Jonimqulova, Laylo Shodieva, Maftuna Shoyimova, Ana Alekperova, Gulzoda Amirova, Shodiya Tosheva, Shaxrizoda Zaynitdinova, Feruza Boboxo‘jaeva (Angelina Polyushkevich, 35), Malika Burxonova, Nilufar Qudratova, Laylo Tilovova.

Ogohlantirishlar: Mohira Jo‘raboeva (49) – Nilufar Qudratova (79).

mib
cola
apex
bmb