Pro liga. Bir-ikki pog‘ona ko‘tarilish “Olimpik”ka ham, “Xorazm”ga ham nasib etmadi

Pro liganing 17-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Turning so‘nggi o‘yinida “olimpik” o‘z maydonida “Xorazm”ni qabul qildi. Qiziqarli, teng kurashlar ostida o‘tgan bahsda kuchlar teng keldi – 1:1. Mazkur durang har ikkala jamoaning turnir jadvalida bir-ikki pog‘ona ko‘tarilib olish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi.

 

Pro liga. 17-tur

7 sentyabr, seshanba

 

OLIMPIK – XORAZM - 1:1 (0:0)

Toshkent. “Jar” stadioni.

Hakamlar: Aziz Asimov, Islom Azimov, Sherzod A’zamov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Vladimir Nazarov.

Gollar: Otabek Jo‘raqo‘ziev, 56 (1:0),  Temur Bekchanov, 76 (1:1)

"Olimpik": Vladimir Nazarov, Saidazamat Mirsaidov,  Shohjahon Sultonmurodov, Behzod Shamsiev, Farruhbek Muhtorov (Bektemir Abdumannonov, 73), Otabek Jo‘raqo‘ziev (Talgat Nigmatullin, 90+2), Ruslanbek Jiyanov (Muhammadali G‘iyosov, 73), Dostonbek Tursunov, Abdurauf Bo‘riev, Alisher Odilov (Temur Mamasidiqov, 65), Shahzod Toirov (Davron Anvarov, 65)

"Xorazm": G‘ayratjon O‘daev, Ravshanbek Sultonov (Abror Xusinov, 51), Jasur Otajonov ( Mahmudjon Qalandarov, 81), Temur Masharipov, Ma’rufxon Murodov (Shahzod Beshimov, 63), Xazratjon Tursunqulov, Diyor Ramazonov (Temur Bekchanov, 63), Mirjalol Qurbonov, Boburbek Farhodov, Sardorbek Matmuratov (Saidjamol Davlatjonov, 81), Abduholiq Qurbonov

Ogohlantirishlar: Bexzod Shamsiev, 75, Muhammadali G‘iyosov, 80 -  yo‘q.

Chetlatish: Yo‘q - Saidjamol Davlatjonov, 88.

 

mib
cola
apex
bmb