Birinchi liga. “Zomin” “joyida”, “Navbahor-Farm” yuqoriga, “G‘ijduvon” esa pastga

Birinchi liganing 16-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Turning markaziy uchrashuvi Zominda kechdi. “G‘ijduvon”ni qabul qilgan maydon egalari ikkita to‘p farqida g‘alaba qozonib, turnir jadvalidagi “joyini” saqlab qoldi, natija aksincha bo‘lganida edi g‘ijduvonliklar peshqadamlikka ko‘tarilib olardi. Mag‘lubiyat “G‘ijduvon”ni bitta pog‘ona pastga tushishiga sabab bo‘ldi. Boisi, uchinchi o‘rinda borgan “Navbahor-Farm” safarda to‘p surishiga qarmay “Jomboy” ustidan yutuqqa erishdi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Yana bir uchrashuvda “Paxtakor-79” Chirchiqqa tashrif buyurib, uch ochko bilan uyiga qaytdi. Mazkur yutuq uychiliklarni to‘qqizinchi o‘rindan oltinchi pog‘onaga ko‘tarilib olishiga turtki bo‘ldi.  

 

Birinchi liga. 16 -tur

5 sentyabr, yakshanba

 

LOChIN – PAXTAKOR-79 – 3:4 (1:2)

Chirchiq. O‘zDJTSU stadioni.

Hakamlar: Jaloliddin Husniddinov, Bekjon Begaliev, Sultonmurod Xojiev

Nazoratchi: Andrey Snetkov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: Abdulaziz Jo‘raev, 9 (1:0), Orifjon Yusupov, 21 (1:1), Orifjon Yusupov, 26 (1:2),  Abdulaziz Jo‘raev, 51 (2:2), Orifjon Yusupov, 64-pen. (2:3), Abdulaziz Jo‘raev, 84  (3:3), Bobur Mamajonov, 90+3 (3:4)

Ogohlantirishlar: Yahyo Ma’rufxo‘jaev, 58, Ulug‘bek O‘rinboev, 63, Abdulaziz Jo‘raev, 68, O‘rol Abdimuratov, 90+4 – Shohruhmirzo Ahmadaliev, 45+2, Hayotbek Sotvoldiev, 55, Abraham Odonkor, 90+4

Chetlatish: Abdulaziz Jo‘raev, 90+4 - Kvasi Anani Juisus, 90+4.

 

ZOMIN – G‘IJDUVON -2:0 (1:0)

Zomin. “Zomin” markaziy stadioni.

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Islom Nosirov, Abduhamid Abduraimov

Nazoratchi: Konstantin Smirnov

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

Gollar: Sunnatullo Rustamov, 21 (1:0), Muhammad Odilov, 64 (2:0)

Ogohlantirishlar: Abdumutal Tursunqulov, 18 – Jamshid Hasanov, 42, Maxsudjon Mahmudov, 48, Estevan Ospina, 61, Sherzod Qodirov, 90+3

Chetlatish: Yo‘q – Maxsudjon Mahmudov, 76 (ikkinchi sariq).

 

JOMBOY – NAVBAHOR-FARM – 0:2 (0:2)

Jomboy. “Jomboy” stadioni.

Hakamlar: Komiljon Rasulov, Xayrullo Normatov, Bexruz Berdibekov

Nazoratchi: Shuhrat Egamberdiev

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Abdulaziz Nishonboev, 14-pen. (0:1), Javohir Husanov, 45 (0:2)

Ogohlantirishlar: Jahongir Mamatov, 56, Sarvar Abdusalomov, 84 -  Diyor Jaloliddinov, 84.

mib
cola
apex
bmb