Pro liga. Etakchilar kurashida kuchlar teng keldi

17-turning markaziy uchrashuvida “Buxoro” o‘z maydonida “Dinamo”ni qabul qildi. Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yinning birinchi bo‘limida maydon egalari hisobda oldinda borishdi, ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa buxoroliklar darvozaboni o‘z jarima maydoni ichida raqib hujumchisiga nisbatan qo‘pollik qildi. Belgilangan penaltidan mehmonlar unumli foydalanib, hisobni tenglashtirishdi. Shu natija o‘yin oxrigacha saqlanib qoldi. Turnir jadvalida ikkinchi va uchinchi o‘rinda borayotgan “Dinamo” hamda “Buxoro” jamoalari ochkolariga bittadan ochko qo‘shildi, lekin jadvaldagi o‘rinlarida o‘zgarish yuz bermadi.

 

 Pro liga. 17-tur

5 sentyabr, yakshanba

 

BUXORO – DINAMO – 1:1 (1:0)

G‘ijduvon. “Navro‘z” stadioni.

Hakamlar: Vadim Agishev, Nikita Afinogenov, Rustam Tog‘aev

Nazoratchi: Igor Xudaydotov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Bexruz Shodmonov, 20 (1:0),  Shohruhbek Abdurahmonov, 71-pen. (1:1)

«Buxoro»: Sardor Qobuljonov, Mirjalol Jumaev, Anvarjon Jo‘raev, Davronbek Isoqov (Firdavs Asadov, 78), Shavkat Salomov (Suxrob Ne’matov, 69), San’at Shixov, Amirjon Safarov (Alisher Sanoev, 60), Rustamjon Abduhamidov, Behruz Shodmonov (Bobur Qosimov, 78), Sardorbek Izzatov, Marko Milich.

«Dinamo»: Farhod Rahmatov, Dmitro Sidorenko, Shoxruhbek Abdurahmonov, Humoyun Sherbo‘taev, ), Ro‘zimboy Ahmedov (Timur Usmonov, 62), Obid Jo‘raboev, Temurbek Ismoilov (Shokir Yo‘ldoshev, 62), G‘olibjon Sariboev, Komil Sharofutdinov (Islom Sharipov, 46), Sardorbek Eminov, Oleg Marchuk (Siroj Meliev, 85)

Ogohlantirishlar: Anvarjon Jo‘raev, 18, Sardor Qobuljonov, 70, Bobur Qosimov, 90+1 -  Komil Sharofutdinov, 27, Ro‘zimboy Ahmedov, 54, Oleg Marchuk, 81.

mib
cola
apex
bmb