Birinchi liga. Jizzaxliklar bor-yo‘g‘i bitta g‘alaba bilan kifoyalanyapti

Birinchi liganing 16-tur o‘yinlari doirasida dastlabki ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Toshkentga safar qilgan “Jizzax-Bars” “Lokomotiv-BFK”ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. “Jizzax-Bars” hisobida 14 ta o‘yindan bor-yo‘g‘i bitta g‘alaba bor – “Jomboy”ni engish evaziga.  O‘tgan turda o‘z maydonida “Lochin”ni qabul qilishi lozim bo‘lgan holda maydonga tegishli masalalar tufayli o‘yin boshqa muddatga qoldirilgandi. Agar texnik mag‘lubiyat qayd etilgan taqdirda jizzaxliklar, Reglamentga binoan, ligani tark etishlari lozim edi. Sababi, ularning ixtiyorida bitta texnik mag‘lubiyat allaqachon yozilgan, aynan bugungi raqibi “”Lokomotiv-BFK” bilan belgilangan o‘yin uchun texnik mag‘lubiyatga duchor bo‘lgandi.

 

Birinchi liga. 16 -tur

4 sentyabr, shanba

 

LOKOMOTIV-BFK – JIZZAX-BARS – 3:0 (1:0)

Toshkent. “Futbol akademiyasi” maydoni.

Hakamlar: Asker Najafaliev, Amir Galeev, Daniil Yatsenko

Nazoratchi: Ro‘zim Davletmuratov

Komissar: Alisher Fayziev

Gollar: Roman Jo‘raev,  18 (1:0), Dilmurod Jo‘raboev, 68 (2:0), Otabek Erkinov, 83 (3:0)

Ogohlantirishlar: Jamshid Mahmudaliev, 42, Shaxzod Pirmatov, 49, Yusuf Shoimov, 72 – Islom Meliboev, 42, Asilbek Obidov, 68.

 

ChIG‘ATOY – NEFTGAZMONTAJ – 1:2 (1:1)

Toshkent. “Chig‘atoy” stadioni.

Hakamlar: Sardor Ismatullaev, Shohruh Maqsudov, Habibjon Qodirov

Nazoratchi: Andrey Tambovtsev

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Sherzod Esanov, 32 (1:0), Kandi David, 40 (1:1), Kandi David, 66 (1:2)

Ogohlantirishlar: Yo‘q – Farhod Mahamadjonov, 11, Po‘latjon Sharipov, 52, Saidolim Saidaxrorxo‘jaev, 72

Chetlatish: Amir Islamov, 79 – yo‘q.

mib
cola
apex
bmb