U-18 Birinchiligi. ”Mash’al” g‘alabani saqlay olmadi

18 yoshlilar musobaqasining 13-tur doirasida bitta uchrashuv o‘tkazildi. “Mash’al” o‘z maydonida “Neftchi2ni qabul qildi. Uchrashuvning startidayoq mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Lekin birinchi bo‘limning o‘zida mezbonlar uchta to‘p kiritishib, ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olishgandi. Yakunda esa yana ikkita to‘p o‘tkazib yuborishdi va maydon egalari g‘alabani saqlay olishmadi – durangga “rozi” bo‘lishdi.  

 

U-18 Birinchiligi.

13-tur.  29 avgust, yakshanba

 

MASh’AL – NEFTChI – 3:3 (3:2)

Muborak. “B.Vafoev” stadioni kichik maydoni.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Artem Kalinin, Zufar Eliboev

Nazoratchi: O‘ktam Qurbonnazarov

Komissar: Elbek Jo‘raev

Gollar: Bekmurod Akramov (12, 17), Ruslan Boboqulov (31) – Muhammadali Xolmatov (2), Akobirjon Ahmadjonov (42), Azamatjon Tolibjonov (86)

Ogohlantirishlar: Amrilloh To‘xtasinov (30), Shohruh Oqmirzaev (41) -  Islombek Akramov (38), Muhammadkamron Ergashev (72).

mib
cola
apex
bmb