Pro liga. “Neftchi “ Urganchda g‘alaba qozondi va peshqadamligini mustahkamladi

Pro liganing 16-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Biroz muddatga ko‘chirilgan “Xorazm” va “Neftchi” uchrashuvida farg‘onaliklar safarda to‘p surishlariga qaramay maydon egalarini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratishdi.  Mazkur muvaffaqiyatdan so‘ng “Neftchi” jamoasi turnir jadavlida 31 ochko bilan peshqadamlik mavqeini yanada mustahkamlab oldi. 16-turdan keyin  “Neftchi” yaqin ta’qibchisi “Dinamo”ni etti ochkoga ortda qoldiryapti. Uchinchi o‘rindagi “Buxoro” hisobida esa 23 ochko bor.

 

Pro liga. 14-turning qoldirilgan o‘yini.

 29 avgust, yakshanba

 

XORAZM – NEFTChI - 0:3 (0:1)

Urganch. “Yoshlik” sport majmuasi.

Hakamlar: Rustam Choriev, Farruh Yo‘ldoshev, Shavkat Rahmatov

Nazoratchi: Andrey Klepikov

Komissar: Sherzod Rajabov.

Gollar: A’zamjon Aliev, 33 (0:1),  Marko Obradovich, 59 (0:2), Sardor Abdunabiev, 88 (0:3).

"Xorazm": G‘ayratjon O‘daev, Ravshanbek Sultonov (Abror Husinov, 71), Jasur Otajonov, Temur Masharipov, Ma’rufxon Murodov (Islombek Karimov, 57, Mahmudjon Qalandarov, 64), Temur Bekchanov (Sardorbek Matmuratov, 57), Diyor Ramazonov (Hazratjon Tursunqulov, 57), Mirjalol Qurbonov,  Boburbek Farhodov,  Abduxoliq Qurbonov, Shahzod Beshimov

"Neftchi": Akbar To‘raev, Akmal Shorahmedov, Abdulloh Olimov (Sherzod Karimov, 72), Shavkatjon Mullajonov,  A’zamjon Aliev (Izzatilla Abdullaev, 62), Umar Atxamzoda, Darko Stanoevich, Aleksandr Esich, Oybek Qilichev (Saydullo Rahmatov, 84), Marko Obradovich (Sardor Abdunabiev, 72), Ulug‘bek Hoshimov (Sobit Sindarov, 72)

Ogohlantirishlar: Jasur Otajonov, 27, Ravshanbek Sultonov, 32, Islombek Karimov, 71, Sardorbek Matmuratov, 75 -  Darko Stanoevich, 59, Umar Atxamzoda, 70, Aleksandr Esich, 90+1.

 

 

mib
uzcard
cola
apex
bmb