Birinchi liga. “Zomin” Namanganda engildi, peshqadamlarda bittadan ochko farq qilyapti

Birinchi liganing “Jizzax-Bars” va “Lochin” jamoalari o‘inini boshqa muddatga ko‘chirilganligini inobatga olmaganda 15-tur o‘yinlari nihoyasiga etdi. Guruh g‘olibligiga intilayotgan “G‘ijduvon” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Kuchli uchlikdagi yana bir jamoa “Navbahor-Farm” ham o‘z uyida g‘alaba qozondi. Raqib liga peshqadami “Zomin” bo‘ldi. Shu tariqa ligada kuchli uchlikda borayotgan jamoalar orasidagi farqlar bir ochkodanni tashkil etyapti – “Zomin”da 31, “G‘ijduvon”da 30 va “Navbahor-Farm”da 29 ochko.

 

Birinchi liga. 15 -tur

29 avgust, yakshanba

 

BUNYoDKOR-FARM – ChIG‘ATOY – 2:3 (0:0)

Toshkent. “Bunyodkor” futbol akademiyasi.

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Boburbek Ibrohimov, Azizbek Isaqov

Nazoratchi: Anvar O‘rinov

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: Sherzod Esanov, 47 (0:1), Sanjar Rixsiboev, 69 (1:1), Muhammadbobur Mo‘ydinov, 76-pen. (1:2), Zafar Tursunov, 89 (2:2), Aleksandr Zevadinov, 90+5-o‘z darv. (2:3)

Ogohlantirishlar: Husan Yo‘ldoshev, 2, Bobur Yorbekov, 23, Sanjar Rixsiboev, 43 – Mustafa Chabanov, 43, Doniyor Valiev, 83.

 

G‘IJDUVON – LOKOMOTIV – 6:2 (2:1)

G‘ijduvon. “Nvro‘z” stadioni.

Hakamlar: Ravshan Abdivohidov, Farruh Ashirboev, Erlan Nurjanov

Nazoratchi: Isxax Ibragimov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev

Gollar: Islom Boysariev, 15 (1:0), Diyorbek Inoiov, 26 (1:1), Jamshid Hasanov, 36, (2:1), Song Longji, 49 (3:1), Roman Jo‘raev, 54 (3:2), Jamshid Hasanov, 58, (4:2), Jamshid Hasanov, 65, (5:2), Estevn Ospina, 60 (6:2)

 Ogohlantirishlar:   Asiljon Mansurov, 56 – yo‘q.

 

NAVBAHOR-FARM – ZOMIN – 2:1 (1:0)

Namangan. “Markaziy” stadion zaxira maydoni.

Hakamlar: Lochin Dolimov, Shohruh Maqsudov, Adhamjon Rixsiboev

Nazoratchi: Erkin Oripov

Komissar: Ravshan Mavlonov.

Gollar: Qodirjon Ikromov, 45-pen. (1:0), Aziz Koshibxonov, 73 (2:0), Shuhrat Sadirdinov, 90+4 (2:1)

Ogohlantirishlar: Xojiakbar Yunusov, 40 – Doniyor Umarov, 45+2.

 

JIZZAX-BARS – LOChIN boshqa kunga qoldirildi

 

 

mib
cola
apex
bmb