“Jizzax-Bars” – “Lochin” uchrashuvining qoldirilishi bo‘yicha tushuntirish

Bugun Birinchi liga 15-turi doirasida Toshkent viloyatining “Lochin” futbol jamoasi “Jizzax-Bars” mehmoni bo‘lishi kerak edi. Mazkur uchrashuv mezbonlar “2021-yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 4.2-bandini bajara olmaganidan kelib chiqib, boshqa muddatga qoldirildi. Bellashuvning aniq sanasiga tez orada oydinlik kiritiladi.

Gap shundaki, mamlakatimiz bo‘ylab bayram tantanalari o‘tkazilayotgani sir emas. Bunda futbol maydonlari ham tumanlarda alohida o‘rin tutadi. “Jizzax-Bars” maydoni tantanalarga mezbonlik qilayotganidan kelib chiqib, klub uy uchrashuvini boshqa stadionda o‘tkazishga urinib ko‘rdi. Ammo taklif etilgan stadion O‘zPFLning minimal talablariga javob bermadi. Shuningdek, mazkur maydon, futbol jamoasi va O‘zPFL o‘rtasida uch tomonlama kelishuv shartnomasi mavjud emas. Mazkur sabab bilan uchrashuv boshqa muddatga qoldirildi. Agar “Jizzax-Bars” klubining aybi bilan uchrashuv o‘z vaqtida tashkil etilmaganida, O‘zPFL mezbon klubga Reglamentdan kelib chiqib, texnik mag‘lubiyat yozgan bo‘lardi. 

Ma’lumot uchun, “Jizzax-Bars” futbol klubiga Birinchi liganing 5-turi doirasida texnik mag‘lubiyat yozilgan bo‘lib, klub yana shunday holatga duch kelsa, Reglament asosida musobaqadan chetlashtiriladi.

O‘zPFL yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami bilan barcha futbol ishqibozlarini muborakbod etadi.

 

mib
cola
apex
bmb