U-21. “Turon” mag‘lub bo‘ldi, lekin kuchli uchlikni tark etmadi

21 yoshlilar Birinchiligida navbatdagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Toshkentga safar uyushtirgan yaypanliklar “temiryo‘lchilar”dan engilishdi, biroq mag‘lubiyat ularning  turnir jadvalidagi uchinchi pog‘onasidagi joyiga ta’sir ko‘rsatmadi. G‘alabadan esa “Lokomotiv”ning ham egallab turgan o‘rni o‘zgarmadi – 22 ochko to‘plagan holda o‘ninchi pog‘onada “mixlanib” turibdi.

 

U-21. 16-tur.

26 avgust, payshanba

 

LOKOMOTIV – TURON – 2:1 (1:1)

Toshkent. “JAR” stadioni.

Hakamlar: Sanjar Nazarov, Nikita Afinogenov, Rustam Tog‘aev

Nazoratchi: Marat Ismoilov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gollar: Otabek Zoirov, 22 (0:1), Igor Chikrizov, 36 (1:1), Igor Chikrizov, 77 (2:1)

Ogohlantirishlar: Sardorbek Mahmudov, 49 – Abduvosidxon Abdurashidov, 66, Mirjalol Mirzaev, 90+1.

mib
cola
apex
bmb