U-18 Birinchiligi. “Navbahor” safarda javobsiz sakkizta gol urdi

Bugun 18 yoshlilar Birinchiligining 31 avgust kuni start oladigan 13-tur doirasidagi bitta o‘yini bo‘lib o‘tdi. Nukusga safar uyushtirgan “Navbahor” maydon egalari darvozasiga javobsiz sakkizta gol urdi. Kamron Ne’matjonov “dubl”, Bekzod Nasimov esa “xet-trik” qayd etdi. Mazkur g‘alaba bilan namanganliklar turnir jadvalining uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilib olishdi.  

 

U-18 Birinchiligi.

13-tur.  27 avgust, juma

 

ARAL SAMALI – NAVBAHOR – 0:8 (0:3)

Nukus. “Futbol mahoart maktabi” maydoni.

Hakamlar: Meyirbek Axunov, Manzura Mangetbaeva, Alpamis Jolmirzaev

Nazoratchi: Isxak Ibragimov

Komissar: Aybek Nurbaev

Gollar: Bekzod Nasimov (25, 58, 63), Doniyorbek Mirzaqayumov (34), Kamron Ne’matjonov (45+3, 60), Aziz Jo‘raboev (53), Jasur O‘rinboev (86)

Ogohlantirishlar: Musa Medetbaeva (71) – Abror Karimov (66)

Chetlatish: Baxit Perdebaev (45+2), Zulpuxar Quvanishbaev (71) – Sarvar Bahodirov (45+2).

mib
uzcard
cola
apex
bmb