Coca-Cola Superliga. “Mash’al” Bekobodda zafar quchdi va “xavfli hudud”dan uzoqlashdi

Coca-Cola Superliganing 16-tur o‘yinlariga start berildi. Bugun uchta uchrashuv o‘tkazildi. “Qo‘qon-1912” o‘z maydonida “Surxon”ni qabul qildi va birinchi bo‘limda kiritgan ikkita goli evaziga g‘alaba qozondi. “So‘g‘diyona” jamoasi ham o‘z uyida “Qizilqum” ustidan ustun kelib, navoiyliklarning bir necha turdan beri davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz an’analariga chek qo‘ydi. Safarda muvaffaqiyat qozonish muborakliklarga nasib etdi. Bekobodga safar uyushtirgan “Mash’al” maydon egalarini 2:1 hisobida “tor-mor” etdi. Mazkur g‘alaba “Mash’al”ning “xavfli hudud”dan uzoqlashayotganidan dalolat berdi.

 

Coca-Cola Superliga. 16-tur

25 avgust, chorshanba

 

QO‘QON-1912 – SURXON - 2:0 (2:0)

Qo‘qon. "Markaziy" stadion.

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Alisher To‘xtasinov

Nazoratchi: Igor Nexochin

VAR hakami: Rustam Lutfullin

VAR assistent: Alisher Usmonov

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gollar: Ivan Yosovich, 15 (1:0), Sardorbek Azimov, 43 (2:0)

"Qo‘qon-1912":  Islomjon Abdullaev, Slavko Lukich, Mo‘minjon Meliev (Anvarjon Hojimirzaev, 56), Sardorbek Azimov (Suhrob Berdiev, 66), Oybek Rustamov,  Iqboljon Malikjonov, Muhammadanas Hasanov (Asadbek Sobirjonov, 56), Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Murod Holmuhammedov, Andrey Sidorov (Shohnazar Norbekov, 76)

"Surxon": Rustam Nortojiev, Murodjon To‘ychiboev (Behruz Shaydulov, 87), Javohir Sohibov (Nizomjon Norov, 63), Jasurbek Yoqubov, Alisher Salimov, Zohir Pirimov (Islomjon Toshpo‘latov, 46), Jasur Holto‘raev, Nuriddin Hasanov, Husniddin G‘ofurov, Asror G‘ofurov (Murodbek Bobojonov, 46), Nikita Pavlenko (Kamron Saidazimov, 63)

Ogohlantirishlar: Mo‘minjon Meliev, 45+3, Shoxnazar Norbekov, 88 -  Javohir Soxibov, 24, Islomjon Toshpo‘latov, 48.

 

METALLURG – MASh’AL - 1:2 (0:1)

Bekobod. "Metallurg" stadioni.

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘raev, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Davron Akmalov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Laziz Qo‘chqorov

Gollar: Samuel Ononivu, 6 ( 0:1), Shahzodbek Nurmatov, 56 (1:1), Shahzod Shaymanov, 78 (1:2)

"Metallurg": Aleksandr Lobanov, Odilbek Abdumajidov, Salamat Qutibaev,  Shahzodbek Nurmatov (Zohid Abdullaev, 71), Shahzodbek G‘ofurbekov, Stanislav Andreev (Kamoliddin Tojiev, 90), Ibrohim Ibrohimov, Dilshod Rahmatullaev, Akbarjon Ismatullaev, Farruhjon Ibrohimov (Ivan Nagaev, 69), Damir Temirov

"Mash’al": Shohruhjon Eshbo‘taev, Ifeani Ifeani, Ibe Okoro (Shahzod Shaymanov, 75),  Oybek Nurmatov (Xudoyorxon Sa’dullaev, 75), Chika Okvara, Samuel Ononivu, Muhammadali Aliqulov, Jamoliddin Ubaydullaev, Qahramon Bahodirov (Abbos Shodmonov, 79), Muhammad Yo‘ldoshev (Samandar Shukrullaev, 83), Sirojiddin Allaev

Ogohlantirishlar: Ivan Nagaev, 34, Salamat Qutibaev, 34, Farruhjon Ibrohimov, 38 -  Ibe Okoro, 31, Chika Okvara, 34, Ifeani Ifeani, 46.

 

SO‘G‘DIYoNA – QIZILQUM - 2:1 (1:0)

Jizzax. "So‘g‘diyona" stadioni.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko, Timur Gaynullin, Akmal Rahimov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

VAR hakami: Firdavs Norsafarov

VAR assistent: Ruslan Serazitdinov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Daniel Nasriddinov, 38 (1:0), Luka Cheremel, 64 (2:0), Elguja Grigalashvili, 90+2 (2:1)

Amalga oshirilmagan penalti: Elguja Grigalashvili, 90+2.

"So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Ayubxon No‘’monov (Asiljon Begimqulov, 90+4), Iskandar Shaykulov, Shohruz Norxonov (Elyor Orifov, 90+4), Jasur Hasanov (Ergash Ismoilov, 90+4), Daniel Nasriddinov (Darko Stanoevich, 75), Shahboz Jo‘rabekov, Javohir Qahramonov (Jasurbek Hakimov, 63), Luka Cheremel, Marko Kolakovich.

"Qizilqum": Ignatiy Nesterov, Erkin Baydullaev, Islom Kenjaboev, Giorgi Kuxianidze, Mate Vatsadze, Salim Mustafoev, Jasur Azimov, Jamshid Hasanov (Ilhomjon Kenjaev, 68), Muhsinjon Ubaydullaev , Azizbek Usmonov, Elguja Grigalashvili.

Ogohlantirishlar: Ayubxon No‘’monov, 15, Daniel Nasriddinov, 73, Iskandar Shaykulov, 90, Darko Stanoevich, 90+1, Ulug‘bek Baqoev, 90+3 (bosh murabbiy) – Mate Vatsadze, 85.

 

mib
cola
apex
bmb